Eshikka osilgan taxtacha


Saqlash
01:12 / 03.12.2021 3 106713

 Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:

 

– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?

 

Qariya javob berdi:

 

– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.

 

– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.

 

– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.

 

U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.

 

Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:

 

– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?

 

Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:

 

– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…

3 Izohlar

Nasiba

12:01 / 01.01.1970

Tóģri hayotda biz óylagan narsalar har doim ham bólavermaydi kambaģal bólsang sabr qilsang albbatta yoruģ kunlarga ham chiqamiz boy bóla turib kbrlansak bir kun sinib qolishimiz mumkin ahir hayot bir teks emasku tóģrimi izoh kutaman😃😀😀😀🥰🥰

sevinch

12:01 / 01.01.1970

davomi bormi

Фотима

12:01 / 01.01.1970

Shu hikoyadan bayon rejasi bilan tuzib berishingizni iltimos qilaman

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1247
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 230
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 249
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 188
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 206
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223108
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106714
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48654
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36922
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35296
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29605
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28516
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28371
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//