Eshikka osilgan taxtacha


Saqlash
01:12 / 03.12.2021 5 106755

 Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:

 

– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?

 

Qariya javob berdi:

 

– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.

 

– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.

 

– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.

 

U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.

 

Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:

 

– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?

 

Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:

 

– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…

5 Izohlar

Sevinch

12:01 / 01.01.1970

Hamisha hayot ham bir tekisda ketavermaydi

Xurramova Mohichehra

12:01 / 01.01.1970

Hikoyadagi erkak qariya sabab erishgan boyligiga, tinchligiga havolanib ketib,uni ikkinchi bor koʻrganda salomlashmaydi, hatto mashinasidan tushmaydi, aksincha "noʻnoq chol" deb mazax qiladi. Qariya esa bunga javoban: "Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin" deb qoʻya qoladi. Ya'ni yana hayoting kutilmaganda yaxshi tomondan yomon tarafga oʻzgarib qolishi mumkinligini nazarda tutadi. Chunki hayotda "Hamisha shunday boʻlavermaydi".

Intizor

12:01 / 01.01.1970

Hayot ham bir tekis boravermaydi. Bugun kuning ajoyib bo'lgan bo'lsa ertaga ustidan maymunlar yig'lashi hech gap emas. Shuning chun noi shukr bolmay sabr ila yashamoq darkor.

Malika

12:01 / 01.01.1970

Inson doimo avvalgi hayotiga ham nazar solmogʻi lozim shunda odamiylikni va oʻzligini yoʻqotmaydi

Mehroj Abdusattorov

12:01 / 01.01.1970

Bu hikoyada xulosa qilish oʻzingizdan

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1259
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 239
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 254
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 195
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 213
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223169
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106757
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48771
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37007
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35388
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29636
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28544
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28466
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//