Eshikka osilgan taxtacha


Saqlash
01:12 / 03.12.2021 5 111970

 Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:

 

– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?

 

Qariya javob berdi:

 

– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.

 

– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.

 

– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.

 

U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.

 

Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:

 

– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?

 

Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:

 

– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…

5 Izohlar

Shahzoda

12:01 / 01.01.1970

Hikoyadagi erkak õsha chol sababli hayoti yaxshi tomonga õzgardi.Ammo shunday insonlar ham bor qilgan yaxshiligingni bir zumda unutishadi bu hikoyada ham shu narsa yoritib berilgan.

Dilsevar

12:01 / 01.01.1970

Menga juda ham yoqdi insonni tarbiyalar ekan

Mohidiloy

12:01 / 01.01.1970

Alloh rozi bo'lsin. Rahmat kattakon

Elchin

12:01 / 01.01.1970

Hamisha shunday bolavermaydi

Guljahon

12:01 / 01.01.1970

Insho juda ajoyib chiqibdi.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 319
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 727
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 961
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231724
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111971
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64127
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53796
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48730
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38710
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37350
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 35366
“Avesto”

//