Bir kuni...
Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:
– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?
Qariya javob berdi:
– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.
– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.
– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.
U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.
Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:
– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?
Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:
– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…
Bir kuni...
Bilasizmi?
Hikmat
Bilasizmi?
Bir kuni...
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
5 Izohlar
Yashnaroy
12:01 / 01.01.1970
Hayotda yashar ekanmiz koʻp qiyinchiliklarni boshdan oʻtkazamiz , umr deb atalmish toʻlqinda suzamiz . Sabr - toqatimizga koʻra sayqallanamiz ..... Asosiy sayohatimiz uchun
Muhammad
12:01 / 01.01.1970
Bu hikoya menda juda katta taassurot qoldirdi.Va ushbu yigit nochor ahvolda qolganda unga yordam bergan otaxonning hurmatini joyiga quymasadan kibirlanib ketdi.
Gulsevar
12:01 / 01.01.1970
ℍ𝕒𝕪𝕠𝕥 𝕘ó𝕫𝕒𝕝 𝕦𝕟𝕕𝕒 𝕙𝕒𝕞𝕞𝕒 𝕥𝕦𝕣𝕝𝕚𝕔𝕙𝕒 𝕪𝕒𝕤𝕙𝕒𝕪𝕕𝕚. ℍ𝕒𝕞𝕞𝕒𝕟𝕚𝕟𝕘 𝕙𝕒𝕞 𝕙𝕒𝕪𝕠𝕥𝕚 𝕓𝕚𝕣 𝕩𝕚𝕝 𝕥𝕖𝕜𝕚𝕤 𝕜𝕖𝕥𝕒𝕧𝕖𝕣𝕞𝕒𝕪𝕕𝕚. 𝕀𝕟𝕤𝕠𝕟 𝕙𝕒𝕪𝕠𝕥𝕚𝕟𝕚 𝕘ó𝕫𝕒𝕝 𝕢𝕚𝕝𝕚𝕤𝕙𝕚 𝕦𝕔𝕙𝕦𝕟 𝕒𝕝𝕓𝕒𝕥𝕥𝕒 𝕙𝕒𝕣𝕒𝕜𝕒𝕥 𝕢𝕚𝕝𝕞𝕠𝕘'𝕚 𝕝𝕠𝕫𝕚𝕞. ℍ𝕖𝕔𝕙𝕒𝕞 𝕙𝕒𝕣𝕒𝕜𝕒𝕥𝕕𝕒𝕟 𝕥ó𝕩𝕥𝕒𝕞𝕒𝕤𝕝𝕚𝕜 𝕜𝕖𝕣𝕒𝕜. 𝕍𝕒 𝕓𝕦𝕟𝕕𝕒𝕟 𝕥𝕒𝕤𝕙𝕢𝕒𝕣𝕚 𝕓𝕠𝕣𝕚𝕘𝕒 𝕤𝕙𝕦𝕜𝕦𝕣 𝕢𝕚𝕝𝕚𝕓 𝕪𝕒𝕤𝕙𝕒𝕞𝕠𝕢 𝕝𝕠𝕫𝕚𝕞.
Sarvinoz
12:01 / 01.01.1970
Bu bayonga qanday epigraf tanlasam bo'ladi
sadoqat
12:01 / 01.01.1970
to'g'ri hayotta hamma ham qoqiladi turadi lekin inson hammasiga sabr qilib yashashi kerak. albatta bizlar keksalarning gapiga krib ularni duolarini olishimiz kerak. hayot bir tekis emas to'g'ri unada hamma narsa bo'shi mumkin. lekin biz ularga tayyor turishimiz kerak. balkim shu erkak ham o'zi harakat qlib pul topib bolalari ayoli bn birgalashib axil bo'lishganda edi hammasi yaxshi bo'ladi deb o'yladim hammasi o'zimizni qo'limizda.