
Jamiyat
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, professor Baxtiyor Hasanov va tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Oyina.uz kolumnisti Muslimbek Alijonovning “Mustafo Cho‘qay” nomli yangi kitobi chop etildi.
Ushbu kitobda Turkiston xalqining buyuk farzandi, jamoat va siyosat arbobi, tarjimon va noshir Mustafo Cho‘qayning shonli hayot yo‘li va faoliyati, hamda uning “Yosh Turkiston” jurnalida chop etilgan Turkiston Muxtoriyati, tarixiy siymolar, milliy istiqlol kurashi, milliy kadrlar masalasi hamda qishloq xo‘jaligiga doir maqolalari kitobxonlar uchun taqdim etilgan.
Shuningdek, ushbu kitobda Mustafo Cho‘qayning “1917-yil xotira parchalari” nomli turkum yodnomalari ilk marotaba to‘laqonli shaklda e’lon qilinmoqda.
Kitob XX asr birinchi yarmidagi Turkiston tarixiga qiziquvchi tadqiqotchilar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, bu ulug‘ shaxsning hayoti va faoliyatini tadqiq etish yo‘lidagi ezgu ishlarning davomi hisoblanadi.
Quyida Oyina.uz kolumnisti Muslimbek Alijonovning ayrim maqolalaridan havola keltirilgan:
“Men Turkistonning ozod bo‘lishiga ishonaman” – Mustafo Cho‘qayning so‘nggi kunlari qanday o‘tgan?
Imperator Nikolay II ning qizlarini o‘qitgan o‘zbek – Said Kamolxon Qahhorov
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q