Jahon
Italiyaning Vena shahrida boʻlib oʻtgan BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasida Oʻzbekiston ilk bor nufuzli tuzilma aʼzosi sifatida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakatimizda odil sudlovni rivojlantirish, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda jinoyatchilik profilaktikasi yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼruza qildi.
“Kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zoʻravonlik chegara bilmaydi. Shu sababli ularga qarshi ochiq muloqot, oʻzaro tajriba almashish va xalqaro hamkorlik orqali birgalikda kurashishimiz zarur”, deb yozadi Mirziyoyeva.
Tashrif doirasida Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kengashi raisi Markus Shtotter, Milliy kengash raisi Valter Rozenkrans hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan uchrashdi. Muzokaralarda parlamentlararo hamkorlik, demokratik islohotlar, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91312
Jamiyat
76010
Jamiyat
//
Izoh yo‘q