Statistika: o‘tgan davrda kimyo sanoatiga 8 mlrd 300 mln dollarlik investitsiyalar kiritilgan

Saqlash
13:36 / 02.06.2026 17 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi, deb xabar berdi Sherzod Asadov.

Unda iqtisodiyotimiz jadal rivojlanayotgani, so‘nggi yillarda sanoat tarmoqlarida 3 ming turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Bundan 9-10 yil ilgari O‘zbekiston kimyo mahsulotlarining katta qismini mineral o‘g‘it tashkil qilardi.

O‘tgan davrda sohaga 8 milliard 300 million dollarlik investitsiyalar kirib keldi, 87 ta yirik quvvatlar ishga tushdi.

PVX, “yashil” vodorod, ko‘pikli polipropilen, BOPP plyonka kabi 60 dan ziyod turdagi yangi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Bu orqali iqtisodiyot tarmoqlarida minglab yangi turdagi mahsulotlar chiqarish uchun zarur xomashyo bazasi yaratildi. Sohada eksport 3 karra o‘sdi, ishchilar soni 50 mingdan oshdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//