Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev bugun korxonalardagi yosh laborantlar, dual taʼlim asosida ishlayotgan talabalar bilan gaplashib, olimlarning taqdimoti bilan tanishib, sohaga ilm-fan kirib borayotganiga amin bo‘lganini taʼkidladi. Bu haqda Prezident kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qildi.
Lekin bu borada qilinadigan ishlar hali ko‘pligi qayd etildi. Sohada taʼlim, tadqiqot, laboratoriya, startaplarni o‘z ichiga olgan yaxlit tizim yaratiladi.
Buning uchun Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 60 gektar yerda Kimyo sanoati uchun innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish va taʼlim klasteri tashkil qilinadi. Mazkur klasterda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Kimyo texnologiyalari innovatsiya markazi barpo etiladi. Ushbu markazda tajriba-sinov o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning yarmi qoplab beriladi.
Kelgusi yil yakunigacha Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universitetining Toshkent filiali klaster hududiga ko‘chiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
112431
Jamiyat
95092
Jamiyat
91311
Jamiyat
76010
Jamiyat
//
Izoh yo‘q