Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriya poytaxti Vena shahriga amalga oshirilgan tashrif doirasida nufuzli xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Uchrashuv davomida xalqaro maydonda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislarning professionalizmi, yuksak salohiyati va fidoyiligi har kuni mamlakatimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlayotgani alohida e’tirof etildi.
"Vatandoshlarimizning o‘z uylari va Vatan bilan mustahkam aloqani saqlab qolgan holda, global muammolarga yechim topishga hissa qo‘shayotganini ko‘rish juda quvonarlidir", – deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, bayonotda davlatimiz xalqaro tajriba orttirishga, professional jihatdan o‘sishga hamda o‘z mamlakati va butun dunyoga xizmat qilishga intilayotgan yosh o‘zbekistonliklarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishi qayd etildi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91312
Jamiyat
76010
Jamiyat
//
Izoh yo‘q