Madaniyat
2026-yil 6-sentabr kuni Markaziy Osiyoda noyob bo‘lgan Toshkent zamonaviy san’at markazi madaniy muassasa, uchrashuvlar joyi va jonli ijodiy muhit sifatida o‘z eshiklarini ochadi.
1912-yilda qurilgan va rekonstruksiya qilingan binoda joylashgan madaniy muassasa uchrashuvlar va ijodiy hamkorliklar uchun jonli makonga aylanishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, ko‘p yo‘nalishli dastur zamonaviy san’at, kino, dizayn, adabiyot va musiqa sohalarida faoliyat yuritayotgan taniqli va yangi ijodkorlarni birlashtiradi. Markazda ko‘rgazmalardan tashqari kutubxona, restoran va konsept-do‘kon ham faoliyat yuritib, haftada olti kun san’at va madaniyatga qiziquvchi barcha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq va bepul bo‘ladi.
.jpg)
Markazning ochilishi “Hikmat” ko‘rgazmasi bilan boshlanib, ishtirokchilar orasida Muhannad Shono, Nari Uord, Shoxruh Rahimov, Tariq Kisvanson, Nadia Kaabi-Linke (Solomon R. Guggenheim Museum kolleksiyasidan taqdim etilgan asar bilan), Kimsooja, Ali Cherri, shuningdek Vladimir Pan, Daribay Saipov va Baxtiyor Saipovning I. V. Savitskiy nomidagi San’at muzeyi to‘plamidan o‘rin olgan asarlari mavjud.
.jpg)
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112430
Jamiyat
95090
Jamiyat
91309
Jamiyat
76008
Jamiyat
//
Izoh yo‘q