Jamiyat
2026-yilda Yevropa prokuraturasi (EPPO) “Psixologik korrupsiya” (Psychological Corruption) korrupsiyaning yangi yashirin shakli sifatida tahlil qildi.
Ta’kidlanishicha, “Psixologik korrupsiya” bu moddiy boylik bermasdan, amaldorni “ma’naviy qaram” qilib qo‘yish va irodasini manipulyatsiya qilishdir.
Bunda amaldorga muntazam “beg‘araz” yaxshiliklar qilinadi va shu orqali u minnatdorlik tuzog‘iga ilinadi.
Bundan tashqari, amaldor ijtimoiy qaram bo‘lib qoladi, ya’ni mansabdor elita davralarga, nufuzli tadbirlarga jalb qilinadi va bu bilan u ma’lum bir manfaatdor guruhning "ajralmas a’zosi"ga aylanadi.
Korrupsiyaning yangi yashirin shaklida "oltin ko‘prik" va’dasi ham bo‘lib, unda pora berilmaydi, lekin amaldorga ishdan ketganidan so‘ng yuqori maoshli “maslahatchilik” lavozimi va’da qilinadi.
Mazkur shaklga misol: tadbirkor amaldorning farzandini o‘qishga kirishiga yordam beradi yoki uning oilaviy bayramini yuqori saviyada tashkillashtirib beradi. Bir yil o‘tib, amaldor ushbu “yaxshilik” evaziga tadbirkorga tenderda g‘oliblikni taqdim etadi.
Yevropa prokuraturasi nega “Psixologik korrupsiya” an’anaviysidan xavfliroq ekanini quyidagi uchta omil bilan asoslagan:
▪️ Isbotsiz jinoyat: Pul harakati yo‘q — isbotlash deyarli imkonsiz.
▪️ Niqoblangan xavf: “Do‘stlik” va “hurmat" niqobi ostida sodir bo‘ladi.
▪️ Tizimli yemirilish: Amaldor qonunga emas, tanishiga xizmat qila boshlaydi.
Ushbu illatga qarshi kurashish uchun quyidagilar taklif etilmoqda:
▪️ “Sovitish davri”: Sobiq amaldor o‘zi nazorat qilgan sohaga ma’lum muddat ishga olinmaydi.
▪️ Aloqalar deklaratsiyasi: Nafaqat boylikni, balki shubhali ijtimoiy aloqalarni ham ochiqlash.
▪️ Etik treninglar: “Iltifot” va “tuzoq” orasidagi chegarani o‘rgatish.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Sport
112228
Jamiyat
94906
Jamiyat
90997
Jamiyat
75777
Jamiyat
//
Izoh yo‘q