Investitsiya samaradorligi bo‘yicha TOP-35 hokim reytingi e’lon qilindi

Saqlash
12:14 / 04.05.2026 14 0

“Yuksalish” harakati hokimlarning investitsiya samaradorligi bo‘yicha ilk reytingi ishlab chiqdi. Unda O‘zbekistonning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tuman va shahar hokimliklari qamrab olingan. Iqtisodiy va investitsiya muhiti boshqa hududlardan sezilarli darajada farq qilgani va bu hududlar o‘rtasida adolatli taqqoslashni chalg‘itishi bois Toshkent shahri reytingga kiritilmagan. 

 

2025-yil yakunlariga ko‘ra, quyidagi hokimlar investitsiya samaradorligi bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan:

Qobil Hamdamov — Olmaliq shahri (835.2 mln dollar);
Azamat Fayziyev — Nurota tumani (719.4 mln dollar);
Anvar Baymuratov — Qorao‘zak tumani (593.2 mln dollar);
Xurshid Tohirov — Qorako‘l tumani (581.5 mln dollar);
Bekzad Madaminov — Qo‘ng‘irot tumani (580.7 mln dollar);
Boburjon Yuldashev — Andijon tumani (548.5 mln dollar);
Dilmurod Ergashev — Navoiy shahri (507.0 mln dollar);
Anvar Tadjimirzayev — Davlatobod tumani (458.5 mln dollar);
Uskenbay Atemov — Yuqori Chirchiq tumani (435.2 mln dollar);
Qosim Mardonov — Angor tumani (434.7 mln dollar).

 

 

Xulosada yozilishicha, 2025-yil natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda hududiy investitsiya faolligi barqaror o‘sish tendensiyasiga ega. Mahalliy boshqaruv organlarining tashabbuskorligi, investorlar bilan ishlash sifati va loyihalarni amalga oshirish samaradorligi hududlar rivojida hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//