Iqtisod
O‘zbekistonda ilk bor O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi uchun yosh talantlar milliy tanlovi o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) hamkorligida tashkil etilayotgan tanlovdan ko‘zlangan maqsad qishloq va suv xo‘jaligi uchun xalqaro darajadagi kadrlar zaxirasini tayyorlashdir.
Tanlov yo‘nalishlari quyidagicha:
◾️Oziq-ovqat xavfsizligi;
◾️Suv resurslarini boshqarish va suv diplomatiyasi;
◾️Raqamli qishloq xo‘jaligi;
◾️Iqlim o‘zgarishiga moslashuv;
◾️Agrar sohasini moliyalashtirish.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
▪️ Oliy ma’lumotli bo‘lishi;
▪️ Davlat fuqarolik xizmatida, davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlarida yoki xususiy sektorda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
▪️ Sohada samarali faoliyat olib borgan bo‘lishi;
▪️ 21 yoshdan 30 yoshgacha(30 yosh ham) bo‘lishi;
▪️ O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi.
Nomzodlarni saralash va shakllantirish tartibi 7 bosqichda amalga oshiriladi:
▪️Boshqaruv samaradorligi agentligi tanlovni e’lon qiladi;
▪️ Nomzodlar hujjatlarni my.bsa.uz sayti orqali elektron shaklda taqdim etadi – 15 kun;
▪️ Test sinovlari o‘tkaziladi – 5 kun;
▪️ Assessment markazlari orqali nomzodlar saralanadi – 10 kun;
▪️ Komissiya suhbati bo‘lib o‘tadi – 5 kun;
▪️ Maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi – 2 hafta;
▪️ 50 nafar eng munosib ishtirokchi FAO va IFAD tizimida chet elda stajirovka o‘taydi – 2026-yil davomida.
Ma’lumot uchun, arizalar joriy yilning 8-may kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga oid savollarga @young_talent_bot orqali javob olishingiz mumkin.
Jamiyat
Iqtisod
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112228
Jamiyat
94906
Jamiyat
90997
Jamiyat
75777
Jamiyat
//
Izoh yo‘q