Hafta davomida harorat +35 darajagacha ko‘tariladi

Saqlash
12:49 / 04.05.2026 13 0

O‘zgidromet 8-maygacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun kunduzi respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida beqaror ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Havo harorati +23– +26 daraja bo‘ladi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat +27– +32 darajagacha ko‘tariladi.

 

5–7-may kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 

8-mayda respublikaning ayrim joylarida, janubiy va sharqiy viloyatlardan tashqari, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

 

5–8-may kunlari harorat asta-sekin kechalari +17– +20 darajagacha, kunduz kunlari +32– +35 darajagacha, janubda +38 darajagacha ko‘tariladi.

 

6-7-may kunlari shamolda va cho‘l hududlarda, 8-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 4-5-may va 8-may kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. 4-mayda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi +24– +26 daraja bo‘ladi, 5–8-mayda asta-sekin +30– +35 darajagacha ko‘tariladi.

 

Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 8-mayda shamol tezligi 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//