Sport
3-may kuni O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Abdusamat Durmonov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Abdusamat Durmonov “Neftchi” futbol klubida uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, besh karra mamlakat chempioni bo‘lgan. U shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi va murabbiy, futbol faxriysi ham edi.
Abdusamat Durmonov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 1994-yilgi yozgi Osiyo o‘yinlarining Xitoyga qarshi kechgan final bahsida maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan va jamoa bilan birga musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritgan.
U futbolchilik faoliyatini 1982-yil “Avtomobilchi” (Termiz) jamoasida boshlab, Toshkentning “Paxtakor” va Farg‘onaning “Neftchi” jamoalarida ham to‘p surgan. Ushbu faoliyatini yakunlagach, murabbiy sifatida “Neftchi” jamoasiga xizmat qilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
112785
Jamiyat
95463
Jamiyat
92286
Jamiyat
76607
Jamiyat
//
Izoh yo‘q