 
                   
                    Jamiyat
11–15-oktabr kunlari Sirdaryo viloyatida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan iborat “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtgani, viloyatning Boyovut, Sayxunobod, Sardoba, Guliston, Xovos, Oqoltin, Mirzaobod, Sirdaryo tumanlaridagi mahallalarda xalq bilan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar koʻtarinki ruhda oʻtkazilgani haqida xabar bergandik.
.jpg)
14-oktabr kuni “Madaniyat karvoni” va “Maʼnaviyat festivali” doirasidagi tadbirlar Yangi hayot mahalla fuqarolar yigʻinidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishida obodonlashtirish ishchilari bilan boʻlib oʻtdi.
.jpg)
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar Guliston shahridagi prezident maktabi oʻquvchilari bilan ham oʻtkazildi.
.jpg)
Shuningdek, tadbirlar “Band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatish monomarkazi”da ham boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvlarda aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbida vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik hissini yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, fuqarolarimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Avvalroq “Madaniyat karvoni” va “Maʼnaviyat festivali” doirasidagi tadbirlar Sirdaryo viloyatidagi mahallalar va taʼlim maskanlarida ham oʻtkazilgandi.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q