Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
Loyihaning 20-kuni huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani
2. Xudoyberdi Toʻxtaboyev, “Besh bolali yigitcha” asari
3. Ertaklar (istalgan xalqlarniki)
4. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” romani
5. Jek London, “Martin Iden” asari
6. Abdulla Qahhor hikoyalari
7. Said Ahmad, “Ufq” asari
8. Jorj Oruell, “1984” romani
9. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Ruhiy tarbiya” asari
10. Oʻz kasbiga oid ilmiy va darslik kitoblar.
Xushnudbek Xudoyberdiyev 1989-yili Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tugʻilgan. Huquqshunos, bloger. Respublika oliy taʼlim kengashi va “Zakovat” intellektual klubi aʼzosi. Oʻzbekiston milliy axborot agentligi direktorining oʻrinbosari.
“Xushnudbek.uz” shaxsiy sayti va telegram kanalini yuritib keladi. “Yilning eng yaxshi blogeri” (2019) deb topilgan. Toʻrt karra Zakovat oʻyinlari chempioni (2007, 2009, 2011, 2016-yillar). Shuningdek, “Zakovat” intellektual oʻyinining “Yilning eng yaxshi yosh bilimdoni” (2008), “Yilning eng faol bilimdoni” (2011), “Tomoshabinlar mehrini qozongan bilimdon” (2013) nominatsiyalari sohibi.
“Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni (2015), “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni (2019) va Kelajak bunyodkori medali (2019) bilan taqdirlangan.
Oʻxshash maqolalar: Oʻzbekcha Vikipediya adminstratori Nodir Atayev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi
Jarayon
Tarix
Tarix
Adabiyot
San’at
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
1 Izoh
Roziya
00:10 / 25.10.2023
Assalomu alaykum yaxshimisiz.Juda ham ajoyib loyiha bolibdi