Ilmiy ishlardagi yolgʻonlar: 90 foiz plagiat dissertatsiya, 100 dan oshiq ilmiy ishga rahbarlik qilayotgan fan doktorlari va egizak tadqiqotlar tahlili


Saqlash
15:01 / 04.01.2024 39620 5

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda pedagogika fanlari doktori Abdullayeva Barno Sayfutdinovnaning 100 dan ortiq ilmiy ishga rahbarlik qilgani haqida xabar tarqaldi. Maʼlumotlarga koʻra, Barno Abdullayeva 2020-yili 6 ta, 2021-yili 19 ta, 2022-yili 32 ta, 2023-yili esa 58 ta ishga rahbarlik qilgan ekan. Qoyil qolarlisi, arifmetik emas, geometrik progressiyada oʻsish kuzatilyapti. Olimlarimiz shunday surʼatda ishlasa, tez orada Oʻzbekistonda birorta ilmiy darajasiz odam qolmaydi. Shunchaki qiziqib, OAK bulletenining 2023-yil 1-sonini topib, Abdullayeva Barno Sayfutdinovna ismi va sharifini terdim – 72-marta uchradi. Albatta, hammasi ham yangi roʻyxatdan oʻtgan ishlar emas, baʼzilari himoyadan oʻtgan va tasdiqlangan yoki mavzusi qayta roʻyxatdan oʻtgan ishlar. Shunday boʻlsa ham, bu aql bovar qilmas darajada koʻp degani. 2-sonni ochdim. Natija – 91 marta. Eh, yana ozgina harakat qilmabdi-da, 100 ta boʻlardi, dedim ichimda. Haqiqiy geometrik progressiya 3-sonda – Abdullayeva Barno Sayfutdinovna ismini 213-marta (!!!) uchratasiz. Oʻzbekiston pedagogikasini tom maʼnoda revolutsion oʻzgarishlar kutmoqda!

 

Qiziqishim ortib, oʻzimga yaqin filologiya sohasini kuzatdim. Pedagogika allaqachon uloqni ilib ketgan boʻlsa-da, filologiyada ham uloqni koʻzlayotganlar kam emas ekan. Ularning peshvosi – filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev. 2023-yili OAK bulletenining 1-sonida 10 ta doktorlik mavzu (PhD va DSc) Mengliyev rahbarligida qayd etilgan boʻlsa, 2-sonda – 17 ta mavzu, 3-sonda – 11 ta mavzu. Jami 3 ta sonda 38 ta mavzuga rahbar qilib belgilangan. 2-sonda Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori Xolmanova Zulxumor Turdiyevna 9 ta ishga, Buxoro davlat universiteti professori Darmonoy Oʻrayeva 7 ta ishga rahbar sifatida qayd etilgan. Eng qizigʻi, Darmonoy Oʻrayeva adabiyotshunos boʻlishiga qaramay, tilshunoslik boʻyicha ishlarga ham rahbar boʻlavergan. Qahhorova Gulruh Shavkatovnaning “Ingliz va oʻzbek tillarida yordamchi soʻzlarning grammatik hamda funksional-stilistik xususiyatlari” va Qilicheva Mohinur Zoxir qizining “Ingliz va oʻzbek toponimlarining leksik-semantik hamda lingvostilistik tadqiqi” mavzusidagi 10.00.06 shifrli  ishlariga ham shu opa rahbar etib belgilangan. Tom maʼnoda serqirra olima!

 

 

Meni bir savol qiziqtiradi: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-maydagi 304-son qarori kim uchun chiqarilgan? Ularga bu qaror amal qilmaydimi? Axir shu hujjatning 8-bandida rahbarlik uchun cheklov aniq-taniq belgilab qoʻyilgan-ku: Fan doktori bir vaqtning oʻzida toʻrttadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant boʻlishi mumkin. Soʻnggi uch yilda izlanuvchilari oʻz vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy yoki taʼlim tashkilotlarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin. Fan doktori ko‘pi bilan 6 ta ishga rahbarlik qilishi mumkin. Bularni kim nazoratga oladi? Oliy oʻquv yurtlarining ilmiy ishlar boʻyicha mutasaddilari qayerga qarayapti?

 

Eʼlon qilingan ishlarning mavzusini aytmaysizmi? Rahbar koʻpam bosh qotirib oʻtirmagan. Tadqiqot obyekti yoki predmetini oʻzgartirsa, tamom-vassalom. Qarabsizki, yangi dissertatsiya mavzusi boʻladi-qoʻyadi. Masalan, Baxtiyor Mengliyevning 15 ga yaqin shogirdi “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” boʻyicha dissertatsiya himoya qildi. Endi kami qolmagandir, izohli lugʻatni Mengliyev shogirdlari obdan tadqiq qildi desam, 2023-yilgi OAK bulletenida izohli lugʻatdan yana bir qancha mavzu turibdi: Xaydarova Xurshida Fayzulla qizi “Oʻzbek tilining izohli lugʻatlarida taqlidlar talqini va uni takomillashtirish”, Baxtiyarova Fotimaxon Sodiqovna “Oʻzbek tilining izohli lugʻatida astronomiyaga oid terminlarning berilishi, Xudoyberdiyeva Gulmira Allaberdi qizi “Oʻzbek tilining izohli lugʻatida polisemantik va omonim terminlarning berilishi. Ishontirib aytamanki, Oʻzbek tilining izohli lugʻatida polisemantik (koʻp maʼnoli) soʻzlar arab raqamlarida, omonimlar esa Rim raqamlarida berilgani haqida xulosa qilish uchun 120 betlik dissertatsiya yozish shart emas. 

 

 

Xalqimizda bemaza qovunning urugʻi koʻp boʻladi, degan maqol bor. Umuman, miqdorning koʻpayishi sifatga taʼsir qilishi hech kimga sir emas. Albatta, shogirdlari bemaza qovunning urugʻiday koʻpayib ketgandan keyin, ularning ishlaridan ham sifat qochgani tabiiy bir hol. Shogirdlari 100 nafardan oshgan va 100 nafarga yaqinlashib borayotgan rahbarlar ularning hammasini eslolmasa ham kerak. Ilmiy ishlarini koʻrib berishga-ku umuman vaqt topolmasligi aniq. Himoyasiga borib, 2 soat oʻtirib bersa ham katta gap. Rahbar shogirdining ishini umuman koʻrmasligini yaqindagina Baxtiyor Mengliyev shogirdining Qarshi davlat universitetida boʻlgan seminari yaqqol koʻrsatib berdi. Ikkala taqrizchi navbat talashib maqtagan, koʻklarga koʻtargan dissertatsiya ishi oxir-oqibat 90 foiz plagiat boʻlib chiqdi. Seminarda onlayn ishtirok etgan rahbar shogirdini himoya qilib bir ogʻiz soʻz aytolmadi. Nima ham desin? “Uzr, oʻrtoqlar, ishini koʻrishga vaqtim boʻlmadi” deydimi? 

 

Ko‘chirma ishlar seminar bosqichida aniqlanib, qaytarilsa-ku, xoʻp-xoʻp. Ura-ura deb maqtab, himoyadan oʻtib, OAKda tasdiqlangan ishlar yoʻq deysizmi? Adabiyotdan arang PhD yoqlagan Zovqiddin Suvanov bir yumalab tilshunoslikdan DSc himoya qilgani hech kimni shubhalantirmayaptimi? Axir odamlar bitta dissertatsiya yozishga butun umrini bagʻishlaydi-ku. Qanday qilib bir yilda DSc dissertatsiyasini tayyorlash mumkin? Oddiygina – koʻchirib. Bunday deyishga asos ham tayyor. Suvanov Zovqiddinning “Oʻzbek badiiy matnlarini lingvistik ekspertiza qilishning nazariy-metodologik asoslari” nomli doktorlik ishi avtoreferatini oʻqisangiz, matnning oʻzi “men koʻchirilganman” deb turibdi. Undagi plagiatni koʻrmaslik uchun OAK eksperti boʻlish kerak. Masalan, avtoreferatda shunday jumla bor: Tahlilning bu prinsipi badiiy matnlarga taalluqli, nomdor tashkilot tomonidan berilgan savollarga javob berishda qoʻl keladi. Ammo badiiy matnning filologik ekspertizasini qilishda baʻzi qiyinchiliklar yuzaga kelishi ham mumkin. “Nomdor tashkilot” nima ekan, degan tabiiy savol tugʻiladi. Lingvistik ekspertizadagi yangi terminmi? Aniqlashimcha, savolning javobi oddiy. Shunchaki, Zovqiddin A.M.Plotnikovaning “ЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ ЭКСПЕРТИЗА ХУДОЖЕСТВЕННОГО ТЕКСТА ПО ДЕЛАМ О ПРОТИВОДЕЙСТВИИ ЭКСТРЕМИЗМУ” degan ishidagi ushbu ruscha matnda kelgan “орган, назначивший экспертизу” birikmasini nomdor tashkilot deb tarjima qilgan: Этот принцип анализа в целом применим к художественным текстам и позволяет ответить на поставленные органом, назначившим экспертизу, вопросы, однако при анализе художественной коммуникации возникают некоторые трудности. Tabiiyki, havola berilmagan. Umuman dissertatsiyada “qovun tushirishlar” talaygina. Bunga oʻzingiz guvoh boʻlishingiz mumkin:

 

 

 

SUVANOV ZOVQIDDIN NORQULOVICH

 

“O‘ZBEK BADIIY MATNLARINI FILOLOGIK EKSPERTIZA QILISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI”

КИМНИНГ ҚАЙСИ АСАРИДАН КЎЧИРГАН

   

А.М.Плотникова,

ведущий эксперт Уральского РЦСЭ Минюста России, доктор филологических наук, профессор

 

ЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ ЭКСПЕРТИЗА ХУДОЖЕСТВЕННОГО ТЕКСТА ПО ДЕЛАМ О ПРОТИВОДЕЙСТВИИ ЭКСТРЕМИЗМУ

1

Ba’zida badiiy matnda inson omilining sharaf, qadr-qimmat va ishchanlik hurmatini himoya qilish, irqiy kamsitilish, jinsiy kamsitilish; giyohvand moddalar, urush, qotillik targ‘iboti, pornografiya ma’lumotlarini tarqatish hamda matnni filologik yoki psixofilologik ekspertizadan o‘tkazilishi va boshqa toifadagi holatlar bilan bog‘liq badiiy matn mutaxassislar tomonidan e’tiborga olinishi haqida fikr yuritilgan.

Художественные произведения иногда попадали в поле зрения экспертов в связи с делами о защите чести, достоинства и деловой репутации, пропаганде наркотических средств и психотропных веществ, распространении порнографии и некоторым другими категориями дел, имеющими отношение к лингвистической или психолого-лингвистической экспертизе текстов.

2

Badiiy matnlarni tahlil qilishda bu va boshqa ko‘plab savollar mutaxassis oldida ko‘ndalang turadi. Ekstremistik materiallarning huquqiy jihatdan ahamiyatli belgilari nizo va adovatni qo‘zg‘atish alomatlari, milliy, irqiy, etnik, jinsiy kamsitilishga doir ijtimoiy asoslarga ko‘ra aniqlangan shaxslar guruhiga nisbatan zo‘ravonlik harakatlarida, ustunlikni targ‘ib qilishga, terrorizm, qotillikni yoqlashga chaqiriqlar hisoblanadi. O.V.Kukushkina, Y.A.Safonova, T.N.Sekerej taklif etgan ekstremistik matnlarni tahlil qilish, semantik sistema matnida uch turdagi ma’lumotlari bo‘lgan identifikatsiyaga asoslanadi. Bular – nutq mavzusi, unga munosabat, nutqning bu turi to‘g‘risida ochiq bayonot berishi. Bundan maqsad har qanday ekstremistik ma’no esa uchala turning alomatlari kombinatsiyasi va tahlilini talab qiladi. Tahlilning bu prinsipi badiiy matnlarga taalluqli, nomdor tashkilot tomonidan berilgan savollarga javob berishda qo‘l keladi. Аmmо bаdiiy mаtnning filоlоgik ekspertizаsini qilishdа bа’zi qiyinchiliklаr yuzаgа kelishi hаm mumkin. (72)

Напомним, что юридически значимыми признаками экстремистских материалов являются признаки возбуждения розни и вражды, призывы к насильственным действиям в отношении групп лиц, выделенных по национальному, расовому, этническому, социальному признакам, пропаганда исключительности и превосходства, оправдание терроризма. Предложенная О.В. Кукушкиной, Ю.А. Сафоновой, Т.Н.Секераж методика анализа «экстремистских» текстов, рекомендованная в экспертных центрах Минюста России, основана на выявлении в тексте семантической структуры, содержащей информацию трех типов: предмет речи, отношение к нему, цель публичного высказывания об этом предмете речи, при этом любое «экстремистское» значение представляет собой комбинацию признаков всех трех типов и требует их анализа [Кукушкина, Сафонова, Секераж, 2011]. Этот принцип анализа в целом применим к художественным текстам и позволяет ответить на поставленные органом, назначившим экспертизу, вопросы, однако при анализе художественной коммуникации возникают некоторые трудности.

   

Сироткина Татьяна Александровна,

Бреусова Елена Ивановна,

Некоторые проблемы лингвистической экспертизы

3

Badiiy matnni filologik tekshirish yo‘nalishining paydo bo‘lishiga quyidagicha sabablar mavjud:

1. O‘zbek tilining sofligi, ommaviy axborot vositalari va rasmiy hujjatlarda o‘zbekcha so‘z hamda iboralarning to‘g‘ri qo‘llanilishi uchun kurash.

2. Sha’n, qadr-qimmat va ishbilarmonlik obro‘sini himoya qilish bo‘yicha bir nechta da’volarni ko‘rish.

3. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, ularga qarshi kurashish, plagiat va qalbaki kitoblar kabi.

4. Ekstremistik faoliyatga ommaviy chaqiriqlar uchun va unga qarshi kurashish to‘g‘risidagi yangi qonun hujjatlari nuqtayi nazaridan hamda nafrat yoki adovat, inson qadr-qimmatini kamsitish, haqorat va tuhmat, gijgijlash uchun jinoiy javobgarlikka tortish holatlarida.

5. Turli darajadagi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlariga saylov jarayonidagi “qora piar”ga qarshi kurash.

6. Giyohvandlik va psixotrop moddalarning ommaviy targ‘iboti uchun ma’muriy jazoni joriy etish va boshqalar95

95 230371http://e.lanbook.com (78)

Называют следующие причины появления такого направления, как лингвистическая экспертиза текста:

1. Борьба за чистоту русского языка, правильность и точность употребления русских слов и выражений в СМИ и официальных документах.

2. Множащиеся судебные иски по защите чести, достоинства и деловой репутации.

3. Усиление охраны прав интеллектуальной собственности, борьба с плагиатом и контрафактной книгопечатной продукцией.

4. Уголовное преследование за оскорбление и клевету, возбуждение ненависти либо вражды, унижение человеческого достоинства, за публичные призывы к экстремистской деятельности в свете нового законодательства по противодействию экстремизму и терроризму.

5. Борьба с «черным пиаром» и «черной риторикой» в период выборов в органы законодательной и исполнительной власти разных уровней.

6. Введение административного наказания за публичную пропаганду наркотических и психотропных средств и т.д.

   

Теоретико-методологическое обоснование лингвистической экспертизы по делам об экстремизме.

Диссертации и автореферата по ВАК РФ 10.02.19, кандидат наук Аблин Максим Владимирович

4

Mаtndа оldindаn belgilаngаn vаqtgа kо‘rа, birlаmchi vа tаkrоriy sud ekspertizаlаri fаrqlаnаdi. Tаkrоriy tekshiruv ziddiyаtlаrning mаvjudligi, yа’ni birlаmchi ekspertizа mа’lumоtlаridа yоki ekspertning vаkоlаtigа shubhа pаydо bо‘lgаn hоllаrdа tаyinlаnаdi. Bundаy hоllаrdа qаytа ekspertizа qilish bоshqа ekspertlаr kоmissiyаsigа berilishi lоzim.

По времени назначения противопоставляются первичные и повторные судебные экспертизы. Повторная экспертиза назначается либо в случаях сомнения в данных первичной экспертизы (наличие в экспертизе противоречий), либо сомнений в компетентности эксперта и т.п. Повторная экспертиза назначается обязательно другому эксперту (комиссии экспертов) [32 с. 54-55].

5

Rаsmiy pаrаmetrgа kо‘rа, А.N.Bаrаnоv lingvistik ekspertizаni Rаsmiy vа tаshаbbuskоr kabi ikkitа kаttа guruhgа аjrаtаdi. Rаsmiy tekshiruvlаr sud buyrug‘i yоki surishtiruv оrgаnlаri tоmоnidаn аmаlgа оshirilаdi vа u dаlil mаqоmigа egа bо‘lаdi. Tаshаbbuskоr tekshiruvlаr esа hаr qаndаy mаnfааtdоr jismоniy vа yuridik shаxslаrning, jumlаdаn sudlаnuvchilаr vа dа’vоgаrlаr, аdvоkаtlаr, xususiy firmаlаr, dаvlаt tаshkilоtlаri, pаtent аdvоkаtlаri vа bоshqаlаrning tаshаbbusi bilаn yоki umumаn tаdqiqоt sifаtidа о‘tkаzilаdi. Tаshаbbuskor ekspertizalar qоnuniy dаlil sifаtidа fаqаt sud qаrоri yоki surishtiruv оrgаnlаri tоmоnidаn tаn оlinishi mumkin. Tаshаbbuskor (nоrаsmiy) ekspertizalаrgа, kо‘pinchа, mutаxаssisning xulоsаsi deb qаrаlаdi.

 

Filоlоgik ekspertizа huquqiy vа pаtent ekspertizаsini qо‘llаsh dоirаsi bilаn аjrаlib turаdi. Shu bilаn birgа, huquqiy ekspertizа institutsiоnаl аsоslаrgа kо‘rа quyidаgilаrgа bо‘linаdi:

shа’ni vа qаdr-qimmаtini himоyа qilish;

tuhmаt qilish;

etnik nаfrаtni qо‘zg‘аtish;

pоrnоgrаfiyа hоlаtlаrini ekspertizа qilish kаbi.

 

 

 

Ekspertizа qilishdа, mаteriаlni yоritish mezоnigа kо‘rа yаxlit, yа’ni butun-mаtn vа xususiy tekshiruvlаr fаrqlаnаdi. Xususiy tekshiruvdа sо‘zlаr, ibоrаlаr vа bаyоnоtlаr mа’nоlаri qоnunlаrning mаtnlаri ichidа tаlqin qilinаdi. Undа sо‘zlаr vа sintаktik kоnstruksiyаlаrning оmоnimiyаsi, pоlisemiyаsi vа sinоnimiyаsi оchib berilаdi. (48)

По формальному параметру лингвистические экспертизы (и не только собственно лингвистические) А.Н. Баранов подразделяет на две большие группы: официальные и инициативные. Официальные экспертизы выполняются по постановлению суда или органов дознания и имеют статус доказательств. Инициативные экспертизы выполняются по инициативе любых заинтересованных физических и юридических лиц (в том числе ответчиков и истцов, адвокатов, частных фирм, государственных организаций, патентных поверенных и т.д.). Инициативные экспертизы могут признаваться правомерным доказательством только по решению суда или органов дознания. Инициативные (неофициальные) экспертизы чаще называются заключением специалиста [22, с. 13].

 

 

Юридическую (правовую) и патентоведческую экспертизы следует различать по области применения. При этом юридическая (правовая) экспертиза разделяется по институциональным основаниям на следующие:

экспертиза по делам о защите чести и достоинства,

экспертиза по делам о клевете,

экспертиза по делам о разжигании межнациональной розни,

экспертиза по делам о порнографии.

 

 

По критерию охвата материала различают холистические (цельнотекстовые) и частные экспертизы. В последних толкуются значения слов, словосочетаний и высказываний в рамках текстов законов и подзаконных актов, выявляются омонимия, полисемия и синонимия слов и синтаксических конструкций и т.д.

6

А.N.Bаrаnоvning tа’kidlаshichа, til tаhlili dаrаjаlаrigа kо‘rа “qо‘l yоzuvi ekspertizаsi (qо‘l yоzuvi tаhlili), fоnetik (jumlаdаn, fоnоlоgik vа intоnоlоgik), mоrfоlоgik (kо‘pinchа, sаvdо belgilаrini tаhlil qilishdа), sintаktik, mаtnli, lingvistik stilistik (frаzemа vа оrtiqchа frаzemа dаrаjаsi), diskursiv ekspertizа (ikkinchisidа оg‘zаki vа hаqiqiy kоmmunikаtiv vаziyаtning оg‘zаki bо‘lmаgаn tаrkibiy qismlаri: bоsmа (shifrlаngаn) оg‘zаki mаtn vа аudiоvizuаl seriyаlаr tаhlil qilinаdi. Bu imо-ishоrаlаrni, yuz ifоdаlаrini vа vizuаl seriyаlаr vа оg‘zаki shаrhlаr о‘rtаsidаgi muvоfiqlаshtirishni о‘z ichigа оlаdi.

А.Н. Баранов отмечает, что по уровням анализа языка выделяются «почерковедческие экспертизы (анализ почерка), фонетические (в том числе

фонологические и интонологические), морфологические (чаще всего при анализе товарных знаков), синтаксические, текстологические, в том числе лингвостилистические (фразовый и сверхфразовый уровень), дискурсивные

экспертизы (в последних осуществляется исследование вербальных и невербальных компонентов реальной коммуникативной ситуации: анализируется и печатный (расшифрованный) устный текст, и аудиовизуальный ряд, что предполагает учет жестикуляции, мимики и координация между визуальным рядом и вербальными комментариями) [22, с. 16].

 

Ekspertizа о‘tkаzаyоtgаn shаxslаr sоnigа kо‘rа, u individuаl vа kоmissiоn tаrtibdа bо‘lishi mumkin. Shаxsiy vа kоmissiyа ekspertizаlаri miqdоriy jihаtdаn qаrаmа-qаrshi: bittа ekspert bittа ekspertizаni tаyyоrlаshdа qаtnаshаdi. Bir xil mutаxаssislikdаgi ikki yоki undаn оrtiq mutаxаssislаr kоmissiyа imtihоnini tаyyоrlаshdа qаtnаshаdilаr. Kоmissiyа ekspertizа murаkkаb hоllаrdа, yа’ni о‘rgаnish xоlisligini оshirish mаqsаdidа tаyinlаnаdi. Keng qаmrоvli kоmissiyа imtihоnini о‘tkаzishdа turli sоhаlаr mutаxаssislаri ishtirоk etishаdi. Murаkkаb ekspertizа mаsаlаlаrini shаkllаntirish muаmmоsi bоshqа mаsаlа. Bu bаtаfsil muhоkаmа qilinishi lоzim.

По количеству лиц, проводящих экспертизу, она может быть единоличной и комиссионной. Единоличные и комиссионные экспертизы противопоставляются количественно: в производстве единоличной экспертизы участвует один эксперт, в производстве комиссионной экспертизы участвуют два и более эксперта одной специальности. Комиссионная экспертиза назначается в целях повышения объективности исследования (в так называемых «сложных случаях») [32, с. 53]. В проведении комплексной комиссионной экспертизы участвуют эксперты разных специальностей. Подробнее на проблеме формулирования вопросов комплексной экспертизы мы остановимся в параграфе 2.4.1.

7

Ishdа bаdiiy mаtnning filоlоgik ekspertizаsini tekshirish metоdоlоgiyаsi muаmmоsigа bаtаfsil tо‘xtаlish mаqsаd qilingаn. Buning uchun hоdisаning belgilаrini bilmаsdаn, tilshunоs mutаxаssis qо‘pоl xаtоgа yо‘l qо‘yishi mumkin. Ekspert xulоsаsini tuzishdа lingvistik bilimlаrdаn tаshqаrigа chiqmаslik kerаk. Bu kаtegоriyаning lingvistik jihаtdаn qаy dаrаjаdа ekаnligi, sud-filоlоgik ekspertizаsi vа ekspert xulоsаsi mаtnini tekshirishdа “buzg‘unchi g‘оyаlаr” tа’rifi аsоsidа sаvоllаr qо‘llаsh jоiz. Bundа ekstremistik mаzmunli mаtnlаrning tekshirilishi xususidа hаm mаxsus yоndаshuvlаr kerаk bо‘lаdi.

 

 

E.I.Gаlyаshinаning tа’kidlаshichа, ekstremistik mаteriаllаr quyidаgi xususiyаtlаrgа egа:

“- turli оmmаviy аxbоrоt vоsitаlаridаgi hujjаtlаr yоki mа’lumоtlаr;

- ushbu mаteriаllаr nаshrgа mо‘ljаllаngаn bо‘lishi kerаk;

- ekstremistik fаоliyаtgа chаqiriqni о‘z ichigа оlgаn mаteriаllаr;

- ekstremistik fаоliyаtni аmаlgа оshirish zаrurligini аsоslоvchi yоki аsоs bо‘luvchi mаteriаllаr;

- milliy yоki irqiy ustunlikni оqlаydigаn yоki hаr qаndаy etnik, ijtimоiy, diniy guruhni tо‘liq yоki qismаn yо‘q qilishgа qаrаtilgаn hаrbiy yоki bоshqа jinоyаtlаrni sоdir etish аmаliyоtini аsоslаydigаn nаshrlаr kаbi”.

 

 

 

 

 

 

E.I.Gаlyаshinа hаqli rаvishdа tа’kidlаydiki, аgаr nаshrdа irqiy vа milliy ustunlikning аsоslаnishi, yа’ni fаktlаr, jiddiy ishоnаrli dаlillаr bilаn qо‘llаb-quvvаtlаnishi mаvjud bо‘lsа, bundаy ustunlikni оqlаsh mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

Shuni tа’kidlаsh kerаkki, sud-filоlоgik ekspertizаsi dаvоmidа muаyyаn fаоliyаtgа tegishli murоjааtlаrni bevоsitа vа bilvоsitа qidirish аmаlgа оshirilаdi. Bizning fikrimizchа, nаfаqаt, diniy qаrаshlаr, yа’ni оdаmlаr оrаsigа nifоq sоlishgа qаrаtilgаn murоjааtlаrni о‘z ichigа оlgаn bаyоnоtlаrni hаm qidirish lоzim.

В нашей работе мы подробно остановимся на проблеме методологии

экспертизы текстов предположительно экстремистского содержания. Для этого сначала необходимо определить сущность экстремизма, так как без знания признаков этого явления эксперт-лингвист может допустить основную грубейшую ошибку – выйти за пределы лингвистических знаний при составлении экспертного заключения. Мы должны ответить на вопрос, насколько эта категория лингвистическая, допустимо ли использование дефиниции «экстремистский» в формулировках вопросов при назначении судебной

лингвистической экспертизы и тексте экспертного заключения.

 

Е.И. Галяшина отмечает, что экстремистские материалы должны обладать следующими признаками:

- документы или информация на различных носителях;

- эти материалы должны быть предназначены для обнародования;

- материалы, содержащие призыв к осуществлению экстремистской деятельности;

- материалы, обосновывающие или оправдывающие необходимость осуществления экстремистской деятельности;

- труды руководителей национал-социалистической рабочей партии Германии, фашистской партии Италии;

- публикации, обосновывающие или оправдывающие национальное и (или) расовое превосходство либо оправдывающие практику совершения военных или иных преступлений, направленных на полное или частичное уничтожение какой либо этнической, социальной, расовой, национальной или религиозной группы [46, с. 32].

 

Е.И. Галяшина справедливо подчеркивает, что если в публикации имеется хоть какое-нибудь обоснование (то есть подкрепление фактами, серьезными убедительными доводами) расового и (или) национального превосходства, а также оправдание (то есть признание правильным, допустимым) такого превосходства или практики совершения любых преступлений, направленных на полное или частичное уничтожение какой-либо этнической, социальной, расовой, национальной или религиозной группы, то она может быть квалифицирована в качестве экстремистского материала.

 

Отметим, что при проведении судебной лингвистической экспертизы часто осуществляется поиск соответствующих призывов (прямых и косвенных) к определенной деятельности. На наш взгляд, необходимо производить поиск не только призывов, например, направленных на возбуждение розни по религиозному признаку, но и высказываний, содержащих «обоснование» или «оправдание» данной деятельности.

 

Ekspertlarni ortiqcha frazema darajasi, vizual seriya kabi gʻayriilmiy terminlar ajablantirmagan koʻrinadi. “Noʻnoq tarjimon” dissertatsiyasida Y.I.Galyashinaga “tuhmat” ham qilib qoʻyadi (7-band). Y.I.Galyashina matnda irqiy yoki milliy ustunlikka asos boʻla oladigan narsa boʻlsa, uni ekstremistik material sifatida talqin qilish mumkin desa (может быть квалифицирована в качестве экстремистского материала), tarjimonimiz “buni oqlash mumkin” deb notoʻgʻri tarjima qiladi. Hurmatli koʻchirmakashimiz “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 9-bob 50-bandi bilan tanishmikan? Unga koʻra, “Koʻchirmachilik, soxta hujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi noxolis oʻtkazilganligi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, Ilmiy kengash xulosasi va ekspert kengashi qaroriga asosan ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy darajadan mahrum etilishi mumkin”.

 

 

Yuqoridagi holatlar ilmiy darajalarni berish tizimini isloh qilish, ziyolilarimizning ilmni daromad manbayiga aylantirib olgan soxta olimlarga qarshi kurashish uchun birlashish vaqti yetib kelganini koʻrsatmoqda. Buning uchun, nazarimda, quyidagilarga ahamiyat qaratishimiz kerak:

 

1.  Ilmiy kengashlar sonini qisqartirish. Respublikadagi yetakchi oliy oʻquv yurtlari, ilmiy tashkilotlarda soha yoʻnalishlari boʻyicha ikki-uchta kengash qoldirilsa yetarli.

 

2.  Soha yoʻnalishlari boʻyicha dissertatsiya mavzularini tartibga soladigan, ularning reyestrini yuritadigan muvofiqlashtiruvchi kengashlarni tiklash.

 

3.  Plagiat aniqlangan tadqiqotchi va ularning rahbarlariga nisbatan jazo choralarini qoʻllash.

 

Oʻylaymanki, olimlarimizda jamiyatdagi bunday illatlarni yoʻqotishda yana koʻplab takliflar bor. Muhimi, befarq boʻlmaylik. Chunki befarqlik va indamaslik millatni jar yoqasiga yetaklaydi. Maqolam soʻngida  nemis pastori Mark Nimyollerning indamaslik qanday halokatga yetaklashi mumkinligi haqidagi mashhur gapini keltirmoqchiman: “Natsistlar sotsialistlarni olib ketgani kelishganida, men indamadim, chunki men sotsialist emas edim. Ular kasaba uyushmasi aʼzolarini olib ketgani kelishganida, men bosh koʻtarmadim. Men kasaba uyushmasi aʼzosi emasdim. Ular yahudiylarni olib ketganida, men isyon qilmadim, chunki men yahudiy emasdim. Ular meni olib ketgani kelishganida, mening yonimni oladigan hech kim qolmadi”.

 

Feruza MANUKYAN,

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

 

5 Izohlar

Zafar

17:01 / 21.01.2024

Men bo'lsa faxrlanib yuribman universitetimizda phd olmagan o'qituvchi juda kam deb😂

Азамат

23:01 / 17.01.2024

Ўзбек халқи чўкмоқда Илмли инсонлар ўзнафсининг қули бўлса бошқалардан нима кутайлик бу жуда ачинарли холат беш кунлик дунё бу келажгмизга зарар берманглар илтимос

Шухрат

23:01 / 15.01.2024

Жамиятдаги ютуқ ва камчиликларни фақат битта кўзда кўриб бўлмайди. Илмий даражани бир киши бермайди-ку. Илмий кенгаш аьзолари, расмий ва норасмий опонентлар ҳаммаси кўр бўлмаса керак. Қолаверса ҳар қандай иш кафедрадан бошлаб то илмий кенгашгача муҳокамадан ўтади. Шу жараёнда иштирок этган ҳамма инсонлар ҳам виждонсиз бўлмаса керак. Бургага ачииқ қилиб кўрпани ёқиш керакмасдир. Тўғри мақола муаллифи айтганидек, баьзи бир номақбул ишлар ҳам йўқ эмас. Бироқ, қўрғонга ўт кетса ҳўлу қуруқ баробар ёнади деганларидек, бутун умрини илмга бахшида этган олимларимизнинг меҳнатини ҳам унутмайлик. Агар илмий тадқиқот ишлари бўлмаганида ҳаётимиз шунчалик даражада шиддат билан ўзгарармиди? Тангани икки томони ва битта ёни борлигини ҳам унутмайлик.

Diyor Xusanov

17:01 / 13.01.2024

Birgina oʻzbek tilini bilib qanday qilib PHD darajasiga yetgan bular deb bir shubhalangandima

Алтын

19:01 / 10.01.2024

Тут знакомые имена с Низоми... Жаль что таких много.

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19281
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16351
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi