Ilm-fan
2022-2023 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-2023 oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan pedagoglar borib ishlashlari uchun joriy yilning 15-may kunidan boshlab elektron platforma (Ustozfondi.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.
Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Mavzu yuzasidan “Eshik qoqqan kim boʻldi: “Men olis va chekka hududda oʻqituvchi boʻlib ishlamoqchiman” maqolasida batafsil tanishing.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Jo'ra Rayimov
12:01 / 01.01.1970
2023-2024 òquv yilidan olis hududlarga borib ishlamoqchiman. Fizikadan 1 toifali òqituvchiman. Surhondaryo viloyatidanman. tel: 945188501
Akbar
12:01 / 01.01.1970
Olis xududda ishlamoqchiman. Oliy toifali matematika o‘qituvchisiman.
Navro'zbek
12:01 / 01.01.1970
Men yangi o'quv yilidan olis hududlarga borib ishlamoqchiman. O'zim boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi o'qituvchisiman 1toifali yetakchi o'qituvchiman
jamila
12:01 / 01.01.1970
Assalomu alaykum men yangi oʻquv yilidan olis hududlardagi maktablarda ishlamoqchiman.Biologiya fanidan oliy toifali oʻqituvchimam
Feruza
12:01 / 01.01.1970
Men yangi oʻquv yilidan olis hudud maktablarida ishlamoqchiman.Oliy toifali boshlangʻich oʻqituvchiman.