Ilm-fan
2022-2023 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-2023 oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan pedagoglar borib ishlashlari uchun joriy yilning 15-may kunidan boshlab elektron platforma (Ustozfondi.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.
Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Mavzu yuzasidan “Eshik qoqqan kim boʻldi: “Men olis va chekka hududda oʻqituvchi boʻlib ishlamoqchiman” maqolasida batafsil tanishing.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Akmal
00:05 / 17.05.2024
Ish kerak texnalogiya fanidan
Qo'ziboyev Laziz
21:04 / 27.04.2024
Qashqadaryo viloyatida loyi malumotliman kimyo fani o'qituvchisiman.2017 yildan beri ishkayman. Kimyo fanidan dars bulsa ishlayman. Hozirda maktabning MMIBDO' lavozimida ishlab kelmoqdaman
Imomqulova G'oliba To'lanboyevna
18:04 / 24.04.2024
Men Namangandan oliy ma'luumotli 1 toifada ish stajim 27 yil Boshlangich ta'lim o!qituvchisiman olis va qizil hudud maktablarida ish bolsa ishlamoqchiman
Gulsara
15:04 / 23.04.2024
Men 2024 - 2025 òquv yilida qizil hudud maktablarida ishlamoqchiman. Boshlanğich sinf òqituvchisiman. Toifam oliy. Ish stajim 32 yil
Muyassar
02:04 / 20.04.2024
Men 2024-2025-o'quv yilida olis hudud maktabda ishlamoqchiman. Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisiman. Toifam oliy. A daraja milliy sertifikatim bor.17 yillik ish tajriba egasiman. Ingliz tilidan qayta tayyorlovda o'qiganman.Yoshim 43 da.