Madridda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Saqlash
08:53 / 24.04.2026 30 0

Madriddagi nufuzli Casa Árabe madaniyat markazida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farrux Tursunov, Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori Xurshid Fayziyev, shuningdek, Ispaniya sharqshunoslar assotsiatsiyasi bosh kotibi va Madrid avtonom universiteti qoshidagi Osiyo tadqiqotlari markazi professori Xesus Gil Fuensanta, Temuriylar Assotsiatsiyasi prezidenti Frederik Bressand, Mueller & Schindler prezidenti Sharlotta Kramer, Mueller & Schindler vitse-prezidenti Aleksandr Vilgelm ishtirok etdi.

 

 

Qayd etilishicha, forum Ispaniyadan Samarqandga tashrif buyurgan va Amir Temur hukmronligi haqida bebaho ma’lumotlar qoldirgan ispan elchisi va yilnomachisi Ruy Gonsales de Klavixoning tug‘ilgan joyida o‘tkazildi. Uning asarlari Temur va temuriylar davri tarixi bo‘yicha eng muhim manbalar qatoriga kirishi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, forumda Osiyo, Yevropa Ittifoqi va Lotin Amerikasidan 70 dan ortiq ilmiy hamjamiyat vakillari, tadqiqotchilar, madaniyat arboblari, diplomatlar va mutaxassislar ishtirok etdi.

 

 

Firdavs Abduxoliqov O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaz faoliyatini taqdim etdi va temuriylar davriga oid 2 mingga yaqin madaniy meros obyektlari O‘zbekistonga qaytarilganini e’lon qildi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//