Siyosat
So‘nggi kunlarda Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi nomidan tadbirkorlarga soxta elektron xatlar yuborilayotgani aniqlandi. Shu munosabat bilan Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni soxta elektron xatlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Qayd qilinishicha, ushbu xabarlar rasmiy emas va ular firibgarlik maqsadida tarqatilmoqda.
“Mazkur elektron xatlar soliq tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan. Ular tarkibidagi havolalar orqali qurilmaga zararli dasturlar yuklanishi, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlar qo‘lga kiritilishi mumkin”, deyiladi qo‘mita xabarida..
Soliq organlarining barcha rasmiy xabarlari faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishini bildirib, shunday shubhali xabar yuborilgan bo‘lsa:
– havolalarni bosmaslik;
– ilova qilingan fayllarni ochmaslik;
– ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshirish so‘raldi.
.png)
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112183
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q