Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati maʼlum qilindi

Saqlash
19:14 / 08.04.2022 20052 5

2022-2023 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 2022-2023 oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan pedagoglar borib ishlashlari uchun joriy yilning 15-may kunidan boshlab elektron platforma (Ustozfondi.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

 

Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

 

Mavzu yuzasidan “Eshik qoqqan kim boʻldi: “Men olis va chekka hududda oʻqituvchi boʻlib ishlamoqchiman” maqolasida batafsil tanishing.

 

 

5 Izohlar

Mahliyo

12:01 / 01.01.1970

Men 2023-2024 yangi oquv yillari olis hududda ishlamoqchiman Matematika fanidan 2 toifa

Сулаймонова Умидахон

12:01 / 01.01.1970

Мен олий тоифали тарих фани ўқитувчисиман.Иш тажрибам ҳамда Тарбия фанидан тайёрлаган методик қўлланмам республика миқиёсида оммалашган. 2023-2024 ўқув йили учун сифат кўрсаткичи паст бўлган қизил ҳудудлар рўйхатига кирган мактабларда ишламоқчиман.

Saltanat

12:01 / 01.01.1970

Ассалому алайкум. Бошлангич синф укитувчисиман. 23 йиллик стаж ва 1- тоифам бор. Олис худудга бориб ишламокчиман. Немис тилини биламан ва сертификатим бор. Ментал арифметика тугараги билан ишлайман

Озодахон

12:01 / 01.01.1970

Мен Олий тоифали она тили ва адабиет фани укитувчисиман.Олис худудларда бориб ишламокчиман.Ижодкор укитувчиман.

Malohat

12:01 / 01.01.1970

1 toifali tas. san'at va chizmachilik tani o'qituvchisi 10 yildan ortiq zam direktor bo'lib ishlayman olis hududda ishlamoqchiman

Izoh qoldirish

//