Dam olish kunlari harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

Saqlash
13:15 / 24.04.2026 29 0

Hafta oxirida respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. “O‘zgidromet” dam olish kunlari uchun ob-havo haqida ma’lumot berdi.

 

Juma kuni havo harorati 24-27 daraja atrofida, respublika janubida va cho‘l hududlarida 29-32 darajagacha bo‘ladi. Shanba kuni kunduzi havo 28-31 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 32-35 darajagacha isiydi. Yakshanba kuni ko‘pchilik viloyatlar bo‘yicha havo harorati ushbu darajalar atrofida bo‘ladi.

 

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 20-23 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa 25-28 darajagacha pasayadi. 25-aprel, shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda, shuningdek, 26-aprel — yakshanba kuni Toshkent viloyatida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

24—25-aprel kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 26-aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkentda juma kuni havo harorati 25-27 daraja bo‘ladi. Shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Dam olish kunlari havo harorati 27-30 daraja, kechalari 14-17 daraja atrofida bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//