Ilm-fan
2022-2023 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-2023 oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan pedagoglar borib ishlashlari uchun joriy yilning 15-may kunidan boshlab elektron platforma (Ustozfondi.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.
Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Mavzu yuzasidan “Eshik qoqqan kim boʻldi: “Men olis va chekka hududda oʻqituvchi boʻlib ishlamoqchiman” maqolasida batafsil tanishing.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Gulchehra Jo'rayeva
08:07 / 03.07.2023
Assalomu alaykum. Buxoro viloyatidan 1 - toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisiman. Olis hududda ishlash uchun bormoqchiman. Olis hududdagi maktab ro‘yxatidan tanlab direktori bilan bog‘landim va hujjatlarimni uzatdim. Shartnoma tuzish tartibi qanday bo'ladi?
Xolida
05:07 / 02.07.2023
Olis hududdagi maktabda ishlamoqchi man. Ingiliz tili oʻqituvchisiman
Muxayyo
23:06 / 26.06.2023
Men oliy toifali kimyo òqituvchisiman,men ta'lim sifati yuqori bòlmagan olis xududlarga ishga bormoqchiman.
Muqaddas
09:06 / 24.06.2023
Rus tili fani oqituvchisiman.1 toifali,c 1xalqaro sertifikatim bor.Qizil xududdagi maktablarda ishlamoqchiman.Qanaqa qilib Ariza beraman?
Sirojiddin Rustamov
00:06 / 24.06.2023
https://www.oyina.uz/uz/article/1723 Maqola orqali batafsil ma'lumot oling