Ilm-fan
2022-2023 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-2023 oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan pedagoglar borib ishlashlari uchun joriy yilning 15-may kunidan boshlab elektron platforma (Ustozfondi.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.
Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Mavzu yuzasidan “Eshik qoqqan kim boʻldi: “Men olis va chekka hududda oʻqituvchi boʻlib ishlamoqchiman” maqolasida batafsil tanishing.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Shoxrux
18:07 / 27.07.2023
Qaerda bor shunaqa maktablar
Адолат
18:07 / 26.07.2023
Men olis va qizil hududga talim darajasi past bolgan maktablarga borib ishlamoqchiman mening ish stajim 6 yil C1sertifikatim bor . Rus tili fani òqituvchisiman
Quvatov Qahramon
04:07 / 25.07.2023
Birinchi toifali matematika fani òqituvchisiman Olis hududlar yoki qizil maktablarda ishlamoqchiman.
Dilraboxon
21:07 / 21.07.2023
Assalomu alaykum.Men birinchi toifali biologiya fani o'qituvchisiman .Olis hududga borib ishlamoqchiman.Ish stajim 25 yil
Muxayyo
00:07 / 20.07.2023
Men oliy toifali kimyo,2 toifali biologiya òqutuvchisiman,stajim 25 yil,2022-2023òquv yilida qizil maktabda ishladim,maktab yuqori samaradorlikka chiqdi,bu 2023-2024 òquv yilida xam yana olis,qizil maktabda ishlamoqchiman.