Ilm-fan
2022-2023 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-2023 oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan pedagoglar borib ishlashlari uchun joriy yilning 15-may kunidan boshlab elektron platforma (Ustozfondi.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.
Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Mavzu yuzasidan “Eshik qoqqan kim boʻldi: “Men olis va chekka hududda oʻqituvchi boʻlib ishlamoqchiman” maqolasida batafsil tanishing.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Sherzod
12:01 / 01.01.1970
Men ham olis hudud yoki ko'rsatkichi pastroq maktablarda ishlash niyyatim bor maktablar darst soatlari fanlar kesimida malumotlarni qayerdan topsam bo'ladi
Sho‘hrat
12:01 / 01.01.1970
2023-24-o‘quv yilida olis hududga borib ishlamoqchiman, mutaxassisligim biolog. Toifam oliy, tabiiy fandan ham sertifikatim bor. Repititorlik ham qilaman. Tel;991446241
Xoliyarova Yulduz Xasanovna
12:01 / 01.01.1970
Ingliz tili va tarix fanidan òqituvchi bor. Olis hududda joylashgan va ta'lim sifati yuqori bòlmagan maktablarda ishlamoqchimiz. 2023-2024 òquv yili uchun.
Muxtasar Xudaynazarova
12:01 / 01.01.1970
Oliy toifali Matematika fani oʻqituvchisiman, olis hududdagi maktabda ishlamoqchiman
Nodirbek
12:01 / 01.01.1970
Men 2023-2024 yangi o'quv yilida olis hudud maktablarida ishlamoqchiman 1 toifa Tarbiya fani o'qituvchisiman