Ilm-fan
2022-2023 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-2023 oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan pedagoglar borib ishlashlari uchun joriy yilning 15-may kunidan boshlab elektron platforma (Ustozfondi.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.
Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Mavzu yuzasidan “Eshik qoqqan kim boʻldi: “Men olis va chekka hududda oʻqituvchi boʻlib ishlamoqchiman” maqolasida batafsil tanishing.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Sirojiddin Rustamov
22:06 / 23.06.2023
https://www.oyina.uz/uz/article/1723 ushbu maqolada yuqoridagi savollar yuzasidan to'liq ma'lumot berilgan
Gulchehra Jo'rayeva
12:01 / 01.01.1970
Assalomu alaykum. Buxoro viloyat Romitan tumanidanman. 1 - toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisiman. Ta'lim sifati yuqori bo‘lmagan olis hududlarga ishga bormoqchiman. Murojaat uchun telefon raqamim: +998974878077
Gulchehra Jo'rayeva
12:01 / 01.01.1970
Assalomu alaykum. Buxoro viloyat Romitan tumanidanman. 1 - toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisiman. Ta'lim sifati yuqori bo‘lmagan olis hududlarga ishga bormoqchiman.
Muyassarxon
12:01 / 01.01.1970
Men oliy toifali ingliz tili fani oʻqituvchisiman. C1 xalqaro sertifikatim bor. Olis hududda ishlamoqchiman.
Gulnihol
12:01 / 01.01.1970
Oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisiman, olis hududga borib ishlamoqchiman