Oʻzbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuv oʻtkazdi

Saqlash
16:22 / 27.09.2024 502 0

BMT Bosh assambleyasi doirasida Rossiya va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov oʻz Telegram kanalida maʼlum qilgan.

 

Uning yozishicha, tomonlar strategik sheriklikning dolzarb mavzulari, shuningdek, boʻlajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan atroflicha suhbat oʻtkazgan.

 

“Anʼanaga koʻra, hamkorligimiz kun tartibi keng boʻlib, barcha sohalarni qamrab oladi. Oʻzaro ishonchni mustahkamlash yoʻlida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligi taʼkidlandi. Biz ittifoqchilik ruhidagi doimiy muloqotimizni davom ettirishga kelishib oldik”, deydi rasmiy oʻz xabarida.

 

Oldinroq Rossiya Toshkentdagi maktabda oʻquvchini urgan oʻqituvchiga mamlakatga kirishni taqiqlamoqchi boʻlgani, Milliy tiklanish partiyasi raisi Alisher Qodirov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov mazkur vaziyatga munosabat bildirgani haqida xabarlar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//