Siyosat
Milliy tiklanish partiyasi raisi Toshkentda oʻqituvchi oʻquvchini urgani boʻyicha Rossiya TIV Oʻzbekistondan “rasmiy tushuntirish” soʻraganiga munosabat bildirdi.
Milliy tiklanish partiyasi raisi, Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Alisher Qodirov Toshkentdagi maktabda oʻqituvchi oʻquvchini urgani yuzasidan Oʻzbekistondan “rasmiy tushintirish” soʻragan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga munosabat bildirdi.
Uning qayd etishicha, bola huquqi Oʻzbekistonning maktabida, Oʻzbekiston fuqarosining bolasiga nisbatan buzildi va chorasi Oʻzbekiston xalqi nomidan qabul qilingan qonunlar asosida koʻriladi.
“Bizni ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga toʻla oʻzlarining ishlari bilan shugʻullanishsa, toʻgʻri boʻlar edi. Tekis joyda toʻpolondan foyda chiqmasligini tushunib yetishdi degan xulosaga ertaroq shekilli”, degan Qodirov.
23-sentabrda Toshkentning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda rus tili fani darsida oʻqituvchi oʻquvchini kaltaklagani haqida xabarlar tarqalgandi. 25-sentabrda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova holat boʻyicha Oʻzbekistondan tushuntirish soʻralganini maʼlum qildi.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112366
Jamiyat
95030
Jamiyat
91224
Jamiyat
75937
Jamiyat
//
Izoh yo‘q