Madaniyat
Shuningdek, 1-sentabrdan respublika tanlovi g‘oliblariga 100 million so‘m, nufuzli xalqaro tanlov sovrindorlariga esa 300 million so‘mgacha mukofot beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan uchrashuvi boshlandi.
Yosh iste’dodlar, ularning ustozlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1-sentabrdan boshlab respublika tanlovi g‘oliblariga 100 million so‘m, nufuzli xalqaro tanlov sovrindorlariga esa 300 million so‘mgacha mukofot beriladi va ishtirok etish xarajatlari to‘liq qoplanadi. Ularning ustoz va murabbiylarining oylik maoshiga 100 foizgacha ustama to‘lanadi.
Bunday imtiyoz va yengilliklar xususiy ijodiy guruhlarga ham tatbiq etiladi.
Har yili 100 nafar yoshning davlat hisobidan xorijiy madaniyat-san’at dargohlarida ta’lim olishi yo‘lga qo‘yiladi.
Yurtimizdagi yosh iste’dodlarni aniqlab, yuzaga chiqaradigan, prodyuserlarni qo‘llab-quvvatlaydigan biznes loyihalarini ko‘paytirish maqsadida “Ijodga investitsiya” jamg‘armasi tashkil etiladi va yiliga 200 milliard so‘m beriladi.
Tadbirda shuningdek, intellektual mulki masalasiga ham e’tibor qaratildi.
Adabiyot, madaniyat va san’at sohasida yaratilgan har bir mahsulot – ijodkorning intellektual mulki ekani ta’kidlandi.
Lekin uni himoya qilish borasidagi ishlar ahvolidan ijodkorlar mutlaqo norozi ekani ko‘rsatib o‘tildi.
“Har bir badiiy asar, musiqa, qo‘shiq muallifga daromad keltirishi kerak. Lekin mualliflik huquqi to‘liq himoya qilinmas ekan, ijod mahsulidan noqonuniy foydalanish va tarqatish holatlari to‘xtamaydi”, dedi davlat rahbari.
Raqamli texnologiya va sun’iy intellekt juda tez rivojlanyapti. Har bir asarning raqamli izini yaratib, bu orqali ijodkorlar huquqini kafolatli himoya qilish mumkinligi qayd etildi.
Mutasaddilarga mazkur masalaga aniq yechim topish va ijodkorlar rozi bo‘ladigan tizim qilish topshirildi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112427
Jamiyat
95085
Jamiyat
91303
Jamiyat
76003
Jamiyat
//
Izoh yo‘q