Siyosat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari maktabda oʻquvchining kaltaklanishiga hamda Rossiya TIV vakilining bu boradagi bayonotiga munosabat bildirdi.
23-sentabrda Toshkentning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda rus tili fani darsida oʻqituvchi oʻquvchini kaltaklagani haqida xabarlar tarqalgandi. 25-sentabrda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova holat boʻyicha Oʻzbekistondan tushuntirish soʻralganini maʼlum qildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Xasanov boʻlib oʻtgan voqealar yuzasidan fikr bildirib, bu holatda oʻqituvchini oqlab boʻlmasligini, bu bola huquqlariga zid, qadriyatlarimizga begona xatti-harakat ekanini taʼkidlagan.
“Lekin bir nafar oʻqituvchining vaziyatdagi ruhiy holati sabab qilgan harakatlari misolida 100 mingdan ortiq pedagoglarimizga, millat tarbiyachilarimizga baho berish ham notoʻgʻri.
Ayniqsa, vaziyatni murakkablashtirish, holatdan milliy nizolarni uygʻotishga urunayotganlar bizga yana bir bor davrning gʻoyaviy tahlikalarga toʻlaligini eslatmoqda.
Zero, avvalo, mustaqil, huquqiy-demokratik, dunyoviy davlatmiz. Yoshi, millati, dini, kasbidan va boshqa holatidan qatʼiy nazar qonun hammani himoya qiladi, huquqlarni buzganni jazolaydi”, deya yozgan Xasanov.
Markaz rahbari, Oʻzbekistonda katta-katta masalalar ham xalq bilan birlashib, fikrlashib hal qilib kelinayotgani, mazkur vaziyat ham ichki ish ekanligi, boshqalarning bosh suqishi, ichki ishlarni hal qilishga urinishiga aslo hojat yoʻqligini qayd etgan.
“Bizning davlatda 130'dan ortiq turli millat va elatlar bilan har doim, hozirgidek inoq, tinch, birlashib bir Oʻzbekiston boʻlib harakat qilish, maqsadlarga yetishda bu kabi “fikr beruvchi”, “yoʻl koʻrsatuvchi”larga aslo ehtiyojimiz yoʻq”, degan masʼul.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q