Koʻp kvartirali uylarning kirish yoʻlaklari haftada 1-marta tozalanishi belgilandi

Saqlash
17:45 / 30.04.2026 44 0

Adliya vazirligi Koʻp kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 3824, 29.04.2026-y.)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Unga koʻra, koʻp kvartirali uylar uchun boshqarish organlari tomonidan umumiy texnik pasport yuritiladi ularning kirish yoʻlaklari va zinapoyalari haftada 1-marta tozalanishi kerak.

 

Shuningdek, boshqarish organlari yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar, kuzatuv kameralari va domofonlar soz holatda saqlanishi, xomashyo, materiallar, yoqilgʻi, inventar va xoʻjalik anjomlarini sotib olish ishlarini amalga oshirishadi.

 

Koʻp kvartirali uyning fasad qismlarida va umumiy foydalanish hududlarida mulkdorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan meʼmorchilik detallari, reklamalar, afishalar va eʼlonlarni oʻrnatish mumkin.

 

Uylarda shovqin darajasi belgilangan sanitariya meʼyorlaridan oshmasligi shart.

 

Uylar (zinapoyalar, liftlar, chiqindi kamerasi, chiqindilarni toʻplash moslamalari yertoʻlalari va boshqalar), tutash hududlar zaruratga koʻra, boshqarish organi tomonidan deratizatsiyalanishi, dezinseksiya va dezinfeksiyalanadi.

 

Uylarning yertoʻla qismidagi quvurlarda avariya holati yuzaga kelishi natijasida suv yoki oqova suv toʻplanib qolsa boshqarish organi 24 soat mobaynida yertoʻladagi suv va oqova massalarini chiqarib yuborishi lozim.

 

Haftada 1-marta koʻp kvartirali uylarning lift xonalarini tozalanadi hamda lift uskunalari doimiy texnik monitoring qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//