Jamiyat
Toshkentda yangi xonadon sotib olmoqchi bo‘lgan 300 ga yaqin fuqaroni uysiz qoldirgan Glamour Gold MCHJ mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
.jpg)
Aniqlanishicha, 2020-yil 16-mart kuni Glamour Gold mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan Ecodream turar joy majmuasi qurilishiga 37 milliard 400 million so‘m sarflanib, qolgan mablag‘ talon-toroj qilingan. Mazkur qurilish loyihasi amalda soxta sxema ekani ma’lum bo‘lib, 274 kishi firibgarlik qurboniga aylangan va uy uchun to‘lagan pullari ham qaytarilmagan. Yetkazilgan moddiy zarar 97 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Glamour Gold mansabdorlari tomonidan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash, fuqaroviy da’voni qondirish maqsadida gumondorga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 65 milliard 582 million so‘mga teng ko‘chmas mulk, transport vositalari va boshqa mol-mulklar xatlanib, foydalanishga taqiq qo‘yilgan.
Shaxnoza Tolipova ismli jabrlanuvchilardan biri firibgarlar tomonidan ishonchi qanday suiiste'mol qilinganini aytib berdi:
“Uyinglarni sizlar tez bitishini xohlaysizlarmi yoki sekin sifatli bitishini xohlaysizlarmi, deyishdi birinchi. Albatta, sekin sifatli bitaversa mayli, deb rozi bo‘ldik. Ozgina vaqt o‘tgandan keyin kovlaganda suv chiqib ketdi trubadan, uni qurishini kutdik, deb aldashdi. Xullas, bahonasi ko‘p bo‘ldi. Shu bilan cho‘zilib, cho‘zilib oradan 5 yil o‘tdi. Lekin biz baribir bu orada pulimizni to‘lab boraverdik. Hozir 100% to‘lov qilib bo‘lganman, lekin uyimizni hali ham ololganimiz yo‘q...”
Hozirda Glamour Gold MCHJning to‘qqiz nafar mas’ul shaxsiga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) uchinchi qismi, 168-moddasi (firibgarlik) to‘rtinchi qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) ikkinchi qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi uchinchi qismi, shuningdek, 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) ikkinchi qismi “a”, “b” bandlari bilan ayblov e’lon qilingan. Mazkur shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Toshkent shahar IIBB ushbu kompaniyadan jabr ko‘rgan yana boshqa fuqarolar bo‘lsa, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasiga murojaat qilishlarini so‘raydi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
112208
Jamiyat
94885
Jamiyat
90974
Jamiyat
75753
Jamiyat
//
Izoh yo‘q