Jamiyat
1-may kuni Toshkentda favvoralar mavsumi boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Ushbu sanada bir vaqtning o‘zida bir nechta manzilda suv, yorug‘lik, musiqa va jonli ijrolar namoyish etiladi. Soat 18:00 dan 21:00 gacha konsertlar, teatr tomoshalari va haqiqiy shahar bayrami muhiti hukm suradi.
Asosiy manzillar:
• Alisher Navoiy nomidagi Katta akademik drama teatri
• Hamid Olimjon maydoni
• Mirobod bozori (favvora oldidagi maydoncha)
“Bu kuni favvoralar shunchaki obodonlashtirish elementi emas, balki butun shaharni o‘z atrofida to‘playdigan diqqat markazidir. Bayram tadbirlari tumanlarda ham tashkil etiladi — Toshkent bir vaqtning o‘zida bir nechta nuqtada jaranglaydi va nur sochadi”, deyiladi xabarda.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112359
Jamiyat
95023
Jamiyat
91213
Jamiyat
75927
Jamiyat
//
Izoh yo‘q