Surxondaryoda bronza davriga oid jarrohlik amaliyoti izlari topildi

Saqlash
11:07 / 04.06.2026 54 0

Xalqaro tadqiqotchilar guruhi Surxondaryo viloyatidagi Jarqo‘ton arxeologik yodgorligida bronza davriga mansub, taxminan to‘rt ming yillik tarixga ega va trepanatsiya izlari saqlangan bolaning bosh suyagini aniqladi.

 

Mazkur topilma Markaziy Osiyoda qadim zamonlarda jarrohlik amaliyoti amalga oshirilganining dalili bo‘lib, Osiyo hududida aniqlangan eng qadimgi shunday namunalardan biri hisoblanadi.

 

Ushbu noyob kashfiyot o‘zbek va italiyalik olimlardan iborat xalqaro tadqiqotchilar guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatida, Afg‘oniston bilan chegaradosh hududda joylashgan Jarqo‘ton arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishmalar davomida aniqlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//