Toshkentda bolalar orasida pnevmoniya va allergiya avj olgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Saqlash
09:32 / 04.06.2026 58 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yosh bolalar orasida pnevmoniya va allergiya kasalliklari avj olgani haqida xabar tarqalgan.

Bu yuzasidan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi munosabat bildirdi
:

 

Bugungi kunda poytaxtimizda pnevmoniya va allergiya bilan bog‘liq vaziyat barqaror. Poytaxtimizda 5 ta bolalar kasalliklari hamda 5 ta yuqumli kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalar faoliyat ko‘rsatyapti. Ushbu tibbiyot muassasalarida ham hech qanday navbatlar kuzatilmayotgani buni ko‘rsatib turibdi.

 

Fuqarolarning bunday asossiz va yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz” – deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//