Toshkentda inklyuziv taʼlim ahamiyatini koʻrsatuvchi “Mening maktabim – har bir bola uchun” koʻrgazmasi ochildi

Saqlash
16:35 / 03.06.2026 27 0

Toshkentdagi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida inklyuziv, xavfsiz va adolatli taʼlim muhitini shakllantirishga qaratilgan “Mening maktabim – har bir bola uchun” nomli koʻrgazma ochildi. Loyiha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda.

 

Koʻrgazmada Oʻzbekistonning barcha hududlarida yashovchi bolalarning surat, hikoya, va videolavhalari namoyish etilmoqda.

 

 

“Bolalarning ijodiy ishlari bizga inklyuziv taʼlim faqat taʼlim masalasi emasligini eslatadi. Bu – qadr-qimmat, tenglik, imkoniyat va biz birgalikda qurmoqchi boʻlgan kelajak haqidadir”, dedi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Castijio.

 

 

“Inklyuziv taʼlim sifatli taʼlim tizimlarining eng muhim harakatlantiruvchi omillaridan biri ekanligiga qatʼiy ishonamiz. Inklyuziv maktablar har bir bolaga yoʻnaltirilgan, moslashuvchan, innovatsion va ularning taʼlim ehtiyojlariga yanada samarali javob bera oladigan boʻladi”, deya taʼkidladi u.

 

Oʻzbekistonda taxminan 122 300 nafar nogironligi boʻlgan bolalardan faqat 5 999 nafari umumtaʼlim maktablarida taʼlim oladi.

 

UNICEFning ISHONCH–2030 tashabbusi doirasida qoʻllab-quvvatlanayotgan 50 ta namunaviy maktab tajribasiga koʻra:

Ota-onalarning 43% va oʻqituvchilarning 32% nogironligi boʻlgan bolalar uchun umumtaʼlim davlat maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari taʼlimning eng maqbul taʼlim shakli deb biladi;

Ota-onalarning 18% va oʻqituvchilarning 19% nogironligi boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktablarni eng maqbul taʼlim shakli deb hisoblaydi;

Ota-onalarning faqat 8% va oʻqituvchilarning 15% uyda taʼlim olishni afzal deb hisoblaydi.

 

 

Ushbu statistik maʼlumotlar inklyuziv, jamoaga asoslangan maktablarga boʻlgan ishonchning ortib borayotganini koʻrsatadi va sifatli, qulay, bolaga yoʻnaltirilgan oʻquv imkoniyatlarini har bir bolaning oʻz yashash hududlarida tashkil etish zarurligidan dalolat beradi. Namunaviy maktablar inklyuziv taʼlimning amaliyotda qanday ishlashini – inklyuziv pedagogika va differensial yondashuvlarni qoʻllash, yordamchi texnologiyalar va moslashtirilgan oʻquv materiallarini joriy etish, shuningdek, qulay infratuzilma va bolalar uchun doʻstona muhit yaratish orqali namoyish etadi.

 

Koʻrgazma 2026-yil 14-iyungacha faoliyat yuritadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//