
Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 37-kuni ustazoda xonanda Ohista Jamshid “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Mixael Ende, “Cheksiz kitob” romani. Bu asar oʻzbek tiliga oʻgirilsa juda zoʻr ish boʻlardi. Bolalar mazza qilib oʻqishadi. Xar xolda biz yotvolib oʻqiganmiz.
2. Jon R.R. Tolkin, “Uzuklar hukmdori” roman-epopeyasi
3. Gabriel Garsia Markes, “Yolgʻizlikning yuz yili” romani. Yoshligimda oʻqiganman. Juda qattiq taʼsir qilgan. Haligacha qayta oʻqigim keladi.
4. Arkadiy va Boris Strugaskiy, “Yoʻl boʻyida nonushta” romani.
5. Togʻay Murod. “Otamdan qolgan dalalar”. Meni larzaga solgan kitob. Manimcha odamda qanday hissiyot boʻlsa, hammasini his qilganman. Eng koʻpi alam. Koʻp narsalar haligacha oʻzgarmaganini oʻylaganimda, ayniqsa, alam qiladi.
6. Shavkat Rahmon sheʼrlari. Birorta sheʼrlariga qoʻshiq yaratish orzuyim bor.
7. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” romani
8. Shukur Xolmirzayev hikoyalari
9. Kurt Vonnegut, “Mushuk beshigi”
10. Akutagava Ryunoske hikoyalari.
Ohista Jamshid 1976-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. 2016-yildan boshlab “Dalahast” guruhining yakkaxon ijrochisi. (Dalahast – bu turli xildagi uslub va yoʻnalishlarning qorishuvi natijasida yuzaga kelgan musiqa). Ohista Jamshid qoʻshiqlarining aksari Eshqobil Shukur, Abduvali Qutbiddin, Xurshid Davron, Abdulla Oripov, Nafisa Omon, Tillaniso va Jontemir sheʼrlariga bastalangan.
Oʻxshash maqolalar:
Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob – Nasiba Abdullayeva tavsiya qiladi
Falsafa
Jarayon
San’at
Vatandosh
Adabiyot
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
Til
//
Izoh yo‘q