Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob – Nasiba Abdullayeva tavsiya qiladi


Saqlash
20:59 / 22.07.2023 1573 0

Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
 
Loyihaning 16-kuni Oʻzbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

1.Mixail Bulgakov, “Usta va margarita” asari;
2. Mixail Bulgakov, “It yuragi” qissasi;
3. Jorj Oruell, “1984” romani;
4. Jorj Oruell, “Molxona” asari;
5. Nasimiy, sheʼrlar va gʻazallar toʻplami;
6. Fuzuliy, gʻazallar toʻplami;
7. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani;
8. Jerom Selinjer, “Javdazordagi xaloskor” asari;
9.Artur Konan Doyl, “Sherlok Xolms va doktor Vatson sarguzashtlari” romani;
10. Gregori Devid Roberts, “Shantaram” asari.

Nasiba Abdullayeva 1961-yili Samarqandda tugʻilgan. Sanʼatkor “Xorazm lazgisi”, “Bari gal”, “Tanavor” kabi sharq xalqlari qoʻshiqlari bilan ijodini boshlagan.
Shundan soʻng “Samarqand”, “Majnun”, “ Baxt oʻzi nimadir?”, “Umr bahori”, “Jonim mening”, “Majnuntol”,“ Malak” kabi yuzlab qoʻshiqlarni muxlislarga taqdim etdi.

Shuningdek, rus, turk, ozar, tojik, fors, arab, urdu va ivrit tillaridagi oʻnlab qoʻshiqlar ijodkorni jahonga tanitdi.

Nasiba Abdullayeva “Mehnat shuhrati” (1999) va “Fidokorona xizmatlari uchun” (2018) ordenlari bilan mukofotlangan. Oʻzbekiston (1993) va Ozarboyjon (2022) xalq artisti.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 23620
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//