Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob – Ibrohim Gʻafurov tavsiya qiladi


Saqlash
23:34 / 06.07.2023 3219 0

“Dunyoda oʻqishga arzigulik yaxshi kitoblar kam, ammo ularni topish uchun yomon kitoblarni ham oʻqib chiqish kerak”, degan gap bor. Lekin buning uchun kimgadir fursat, kimga toqat, boshqa birovga esa did yetishmaydi. Ayni shu ehtiyojdan kelib chiqib eng yaxshi kitoblar roʻyxatini tuzish anʼanasi qadimdan shakllangan. Oʻzimizda ham “Hurriyat” gazetasi chorak asr ilgari XX asr jahon va oʻzbek adabiyotining eng sara asarlari ketma-ketligini taqdim etgan edi. Keyinroq ziyouz.com sayti xuddi shunga oʻxshash roʻyxatlar berib bordi.

 

Oyina.uz portali ezgu anʼanani davom ettirib, masalaga biroz oʻzgacharoq yondashdi. Biz oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini soʻradik. Roʻyxatda faqatgina badiiy emas, balki ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, diniy, tarixiy va boshqa turdagi asarlar ham boʻlishi mumkin. Bugundan boshlab 100 kun mobaynida yozuvchi-shoir, olim-u jurnalistlar, tadbirkor va sportchilar, vazir hamda hokimlar tomonidan taqdim qilingan kitoblar roʻyxati berib boriladi. Natijada jami 1000 ta durdona asar nomi jamlanadi va necha marta tilga olinganiga qarab, zamona iborasi bilan aytganda, TOP 100 talik shakllantiriladi.

 

Loyihaning 1-kuni Oʻzbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi.

 

1. Qurʼoni Karim

2. Injil

3. Homer dostonlari

4. “Mahobhorat” hind eposi

5. Konfutsiy asarlari

6. “Ming bir kecha” ertaklari

7. Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma” asari

8. Migel de Servantes, “Don Kixot” romani

9. Jeyms Joys, “Uliss” romani

10. Dostoyevskiy, “Jinoyat va jazo” romani.

 

Ibrohim Gʻafurov 1937-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Yozuvchi, tarjimon, tanqidchi Ibrohim Gʻafurov jahon adabiyotining “Jinoyat va jazo”, “Telba”, “Qimorboz” (Dostoyevskiy), “Azizim” (Mopassan), “Alvido, qurol”, “Chol va Dengiz” (Heminguey), “Qiyomat”, “Chingizxonning oq buluti” (Chingiz Aytmatov), “Yongʻin” (Rasputin) singari oʻnlab asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ibrohim Gʻafurov Oʻzbekiston yoshlari mukofoti laureati (1989), “Doʻstlik” ordeni (1995), Oʻzbekiston Qahramoni (2021) unvoni bilan taqdirlangan.

 

«Oyina.uz»ning Telegram'dagi rasmiy kanaliga aʼzo boʻling!

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Ma’naviyat

09:10 / 01.10.2024 0 535
Olimlik va odamiylik uyg‘un ustozlar





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 20436
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

//