Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
Loyihaning 11-kuni Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Buxoriy va Termiziy hadislari
2. “Alpomish” va boshqa dostonlar
3. Alisher Navoiy, “Xazoyin ul-maoniy”
4. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari
5. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani va felyetonlari
6. Abdulhamid Choʻlpon, “Kecha va kunduz” romani
7. Lev Tolstoy, “Urush va tinchlik” asari
8. Chexov pyesa va hikoyalari
9. Gabriel Garsia Markes, “Polkovnikka hech kim xat yozmaydi” romani
10. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” asari
Usmon Azim 1950-yili Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tugʻilgan. Shoirning “Insonni tushunish”, “Holat”, “Oqibat”, “Surat parchalari”, “Ikkinchi aprel”, “Baxshiyona”, “Uygʻonish azobi”, “Gʻussa”, “Kuz”, “Kollaj” kabi sheʼriy va “Jodu” “Adibning umri”, “Soʻngsoʻzlar” nasriy toʻplamlari nashr etilgan.
Sheʼrlari ingliz, fransuz, nemis, polyak, makedon, turk, rus, gruzin, eston, litva, tojik, qozoq va qirgʻiz tillarida nashr etilgan. Usmon Azim Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga (1982) sazovor boʻlgan. “Doʻstlik” ordeni (1998) sovrindori, Oʻzbekiston xalq shoiri (2000).
Oʻxshash maqolalar bilan tanishing: Yozuvchi Nazar Eshonqul “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi.
Bi-bi-si Oʻzbek xizmati muxbiri, jurnalist Ibrat Safo 10 kitob tavsiya qiladi
Oyina.uzʼni Telegramda oʻqing!
Tarix
Jarayon
Tarix
Jarayon
Adabiyot
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q