Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
Loyihaning 7-kuni Kinematografiya agentligi direktor oʻrinbosari, adabiyotshunos Shuhrat Rizayev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Alisher Navoiy, “Xamsa” asari
2. Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma” asari
3. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani
4. Oybek, “Qutlugʻ qon” romani
5. Gʻafur Gʻulom sheʼrlari va “Shumbola” qissasi
6. Lev Tolstoy, “Iqrornoma” qissasi
7. Viktor Gyugo, “Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi” romani
8. Shekspir, “Hamlet” tragediyasi
9. Erkin Vohidov sheʼrlari
10. Abdulla Oripov sheʼrlari
Shuhrat Rizayev 1958-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. “Jadid dramasi”, “Milliy uygʻonish va oʻzbek filologiyasi masalalari”, “Zavqiy ijodida folklor motivlari” (hammualliflikda), “Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti” (hammualliflikda), “Sahna maʼnaviyati” kabi asarlari chop etilgan. “Doʻstlik” (2017) ordeni, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni sohibi.
Oʻxshash maqolalar: Yozuvchi Nazar Eshonqul “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi
Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob – Ibrohim Gʻafurov tavsiya qiladi
Oyina.uzʻni Telegramda oʻqing!
San’at
Jarayon
Tarix
Tarix
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q