
Qishki ta’til uzaytirilgani munosabati bilan O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja hamma o‘qishi kerak deb bilgan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi va talabalarni bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanishga chaqirdi. Ro‘yxatga o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari, soha bo‘yicha qo‘llanma va motivatsion kitoblar ham kiritilgan. Xabarda aytilishicha, kitobxon talabalar universitet tomonidan rag‘batlantirilishi rejalashtirilgan.
Milliy adabiyotimizdan:
• Abdulla Qodiriy – “O‘tgan kunlar”;
• Tog‘ay Murod – “Yulduzlar mangu yonadi”, “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Otamdan qolgan dalalar”;
• Odil Yoqubov – “Ko‘hna dunyo”;
• Pirimqul Qodirov – “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”;
• G‘afur G‘ulom – “Shum bola”;
• Murod Muhammad Do‘st – “Lolazor”;
• Abduqayum Yo‘ldosh – “Puankare”.
Jahon adabiyotidan:
• Fyodor Dostoevskiy – “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “Aka-uka Karamazovlar”;
• Erix Mariya Remark – “Uch og‘ayni”;
• Gabriel Garsia Markes – “Yolg‘izlikning yuz yili”, “Oshqora qotillik qissasi”;
• Mixail Bulgakov – “Usta va Margarita”, “Ityurak”;
• Nodar Dumbadze – “Abadiyat qonuni”, “Hellados”;
• Alber Kamyu – “Begona”, “Vabo”;
• Frans Kafka – “Jarayon”, “Evrilish”;
• Mark Tven – Sarguzasht asarlari;
• Den Braun – “Raqamli qal’a”;
• Jorj Oruell – “Molxona”, “1984”.
Таълим-тарбия
Санъат
Тарих
Санъат
Тарих
Тарих
Таълим-тарбия
Тарих
Дин
Ватандош
Жараён
Санъат
Таълим-тарбия
//
1 Изоҳ
shahzoda
12:01 / 01.01.1970
kitob juda ham maroq va zavq bilan o'qiladigan kitob .kitobni sizlarga ham maslahat beraman