Utopizm


Saqlash
21:03 / 01.03.2023 0 2124

Utopizm (yunoncha utopos – xayoliy, mavjud bo‘lmagan joy) – lug‘aviy ma’noda inson, davlat yoki jamiyatning kelajakdagi mukammal (ideal) shakli haqidagi ta’limot. Utopizm o‘ylab topilgan, xayolan tasavvur etilgan jamiyat yoki orzudagi tuzum sifatida qadimdan ko‘p mutafakkirlarga xos bo‘lgan. O‘rta asrlarda esa bu oqim mavjud tuzumni ilohiylashtirish, uning ideal va abadiyligini uqtirishga xizmat qilgan. Bu boradagi qarashlar angliyalik Tomas Morning (1478-1535) "Utopiya", italiyalik olim Tomazo Kompanellaning (1568-1639) "Quyosh shahri", F.Bekonning "Yangi atlantida" kabi asarlarida o‘z ifodasini topgan. Ularning ideal jamiyat haqidagi ta’limoti Sharq mutafakkirlarining bu to‘g‘ridagi qarashlaridan farq qiladi. Bu, avvalo, shunda ko‘rinadiki, F.Bekon. T.Kompanella va T.Mor orzu qilgan ideal jamiyat Yevropadan olisdagi xayoliy joyda barpo qilinadi. Sharq mutafakkirlari, ulardan farqli o‘laroq, o‘zlari yashab turgan jamiyatni ideal darajaga ko‘tarilishini orzu qilganlar. Utopizm ta’limotlari insoniyat tarixida amalga oshmagan qarashlar sifatida shakllangan va namoyon bo‘lgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 160
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 517
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 298
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 885
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232587
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112445
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64894
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54800
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49288
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39016
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37980
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36493
“Avesto”

//