Bilasizmi?
* * *
– Rafiqam homiladorlik paytida nuqul “Egizak Lothenlar”ni o‘qirdi. Mana, bir qiz, bir o‘g‘il ko‘rdik, – dedi Karl o‘rtog‘iga.
– Voy xudoyim-yey, unda men tez uyga borishim kerak ekan!..
– Nima gap, tinchlikmi?
– Axir, xotinim “Ali bobo va qirq qaroqchi”ni o‘qiyotgandi-da!..
* * *
Xotin hovlida gilam qoqayotgan eriga qarab qichqirdi:
– Qattiqroq silkiyver, boshi og‘rimaydi!
– Bo‘lmaydi-da, – dedi er.
– Nega?
– Changib ketadi.
* * *
Xo‘randa:
– Bu go‘shtmi yo po‘stakmi?
Ofitsiant:
– Bilmadim, buni ho‘kizdan so‘raysiz.
Xo‘randa:
– Shuning uchun ham sizni chaqirdim-da…
* * *
Qo‘shni:
– Skripka chalishni bas qilasizmi-yo‘qmi? Jinni bo‘lib qoldim-ku.
– To‘g‘ri aytasiz, chunki to‘xtatganimga yarim soat bo‘ldi.
* * *
Bir meksikalik ish bilan syurixga keldi. Mehmonxonada undan
so‘rashdi:
– Ismi-sharifingiz?
– Don Manuel de la Fuente de Mora Aragon de los Sanches.
– Hammalaringga joy kerakmi?
* * *
Peter bilan Shtefan o‘rtaga 100 frankdan pul qo‘yib, kim zo‘r aldashdan garov o‘ynashdi.
– Men kecha uyimiz tomiga chiqib, cherkov minorasiga uchib bordim, – dedi Peter.
Shunda Shtefan pullarga qo‘l cho‘zib, dedi:
– To‘g‘ri aytasan, kecha uchib ketayotganingni ko‘rgandim…
* * *
– Oyi, suzishga borsam maylimi?
– Yo‘q, yolg‘iz o‘zing borishing xavfli.
– Dadam nuqul yolg‘iz o‘zi boradilar-ku!
– Dadangning yo‘rig‘i boshqa. Uning hayoti sug‘urta qilingan.
* * *
O‘qituvchi:
– Nega men seni kichkina tentak deb atayapman?
O‘quvchi:
– Chunki men hali sizga o‘xshab katta emasman-da.
* * *
Doktor:
– Hammasiga sigaret bilan aroq aybdor!..
Bemor:
– Xayriyat-ye, janob doktor, ayb mendamikin deb o‘ylabman.
* * *
Sudya:
– Nega siz nuqul kunduz kuni o‘g‘irlik qilgansiz?
Ayblanuvchi:
– Kechasi ko‘p pul bilan yurishga qo‘rqaman-da.
* * *
O‘g‘il:
– Uylanish qanchaga tushadi?
Ota:
– Aniq bilmadim, men haliyam to‘layapman.
* * *
Futbolchi do‘stiga maqtandi:
– Bugun men rosa zo‘r o‘ynadim. Ikkita gol urdim.
– O‘yin natijasi qanday bo‘ldi?
– 1:1.
* * *
– Bolalardan nechta, janob Tenner?
– O‘n uchta.
– Voy-bo‘, bitta uyda qisilishib qolmaysizlarmi?
– Nega endi?! Bolalar o‘z onalari bilan turishadi.
* * *
Ular Yangi yil oqshomida tanishib qolishdi.
Yigit:
– Jonim, birinchi sevgiling o‘zim bo‘lsam kerak-a?
Qiz:
– Ha, albatta, yangi yildagi birinchisi sensan…
* * *
Poezdda bir yigit o‘zi bilan bitta kupeda ketayotgan qizga nima deb so‘z boshlashini bilmasdi. Axiyri u shunday dedi:
– Kechirasiz, yaxshi qiz, siz ham bizning poezdda ketayapsizmi?
* * *
Bir oilada o‘g‘il dunyoga keldi. Xursand bo‘lib ketgan ota o‘rtoqlarini ziyofatga taklif qilarkan, dedi:
– Kirishda eshikni qattiq tepaveringlar.
– Nega teparkanmiz, taqillatamiz, – deyishdi do‘stlari.
– Bemalol tepaveringlar, chunki sovg‘a ko‘tarib olgan qo‘l bilan eshikni taqillatish ancha qiyin bo‘ladi.
* * *
Konsert paytida bir ayol erini turtib dedi:
– Ervin, qara, anavi kishi konsert paytida uxlab o‘tiribdi.
– Shuni deb meni uyg‘otganingni qara-ya! – dedi eri jahli chiqib.
* * *
Bir qiz dugonasiga yozg‘irdi:
– Buni qara, mening Toniyim qurg‘ur bugun ham uchrashuvga soqolini olmasdan kelibdi.
– Ayb o‘zingda, jonim, – debdi dugonasi, – axir sen uni bunchalar uzoq kuttirib qo‘ymasliging kerak edi…
* * *
– Agar erim men bilan janjallasha boshlasa, onamnikiga ketaman, deb qo‘rqitaman.
– Men esa buning teskarisini qilaman. Ertadan boshlab oyimni uyga olib kelaman, desam bas, erimning ovozi o‘chadi-qoladi.
* * *
– Anna, dugonajon, keyingi paytda erimning meni sevishiga shubhalanib qolayapman.
– Nima, biron gap bo‘ldimi?
– Ha, mana ikki yildirki, uyga kelmay qo‘ydi…
* * *
Uy bekasi:
– Biznikidan ketayotganingizdan afsusdaman, Rezi. Boshqa joydan tuzukroq ish topdingizmi deyman?
Oqsoch:
– O yo‘q, muhtarama xonim – men erga tegmoqchiman!
* * *
Advokat o‘zidan quyidagi mazmunda vasiyatnoma qoldirdi:
“Men butun boyligimni tevarak-atrofimdagi kishilarning aqlsizligi hisobiga orttirdim va shu bois uni tug‘ilib o‘sgan qadrdon shahrimdagi jinnixona uchun vasiyat qilib qoldirayapman, toki endi o‘sha odamlarning o‘ziga foydasi tegsin”.
* * *
Bir xonim dugonasiga dedi:
– Bilasanmi, ozish uchun doktor menga otda chopishni buyurdi.
– Xo‘sh, natijalar qalay?
– Hozircha yomon emas. Ot ancha ozib qoldi.
* * *
Shifokor bemordan so‘radi:
– Qani, ayting-chi, xotiningizni aldab turasizmi?
– Xotinimni aldamasam, kimni aldayman, doktor.
* * *
– Men sizga hayronman, – debdi doktor doimiy mijoziga, – har kuni tungi soat ikkigacha restoranma-restoran sanqib yursangiz, sizga yana qanaqa uyqu dori kerak?
– Uyqu dori menga emas, xotinimga kerak…
“Jahon adabiyoti” jurnali 2019-yil 4-son
Mirzaali AKBAROV tayyorladi
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q