Sovun pufaklari


Saqlash
22:02 / 23.02.2023 0 2366

Qaytish

– E, nega shuncha yil oʻqib, rivojlangan shaharni tashlab kelding? dedi doʻsti.

– Bu yoqni rivojlantiray, dedi u.

 

Vatan

Yigirma yildan soʻng yaylovdagi otasi yashagan joyga keldi. Bolaligi oʻtgan joylarga qarab turarkan, xoʻrligi kelib oʻkirib yigʻlab yubordi. Bir vaqtlar qaragʻay va archalar oʻsib yotguvchi joyda tubidan kesilgan toʻnkalar qolgandi.

 

Saqlash

Shoʻra bosgan dalada tabiatni muhofaza qilishga bagʻishlangan banner ilinib turibdi. Ajoyib oʻrmon ekotizimi tasvirlangan bu banner tagiga “Avval shunday edi” deb yozib qoʻyilgandi.

 

Ehtiyoj

Bolaligida u kechqurun televizorda koʻrsatiladigan yetti daqiqalik multfilm uchun oʻziga yuklangan barcha ishlarni bajarar edi. Endi esa telefonda turli xil multfilm koʻrsatib, bolasiga ovqat berishga tayyor.

 

Sovun pufaklari

– Sport tadbirida ham stadionda bunchalik koʻp odam boʻlmaydi. Bu qoʻshiqchilari, dangʻir-dungʻiri bilan kimlar bular?

– Ha, bularmi?... Saylov yaqinlashganda puflangan “sovun pufakchalari”. Saylov tugagandan keyin topolmaysan ularni.

 

Rivojlanish

– Biz aholi sonini koʻpaytirishimiz kerak, dedi ijtimoiy himoya vaziri allaqaysi koʻrsatuvda gapirarkan. Sovuqda yoqishga oʻtini yoʻq, eri yaqinda Rossiyaga ishlashga ketgan emizikli bolasi bor juvon televizorni oʻchirib qoʻydi.

 

Kauhar Biymamat qizi

 Qirgʻiz tilidan Nodirbek YOʻLDOSH oʻgirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 291
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 394
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 616
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234947
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114245
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68195
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57199
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51595
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40126
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39608
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39493
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//