Har birimizning ichimizda bir daho uxlaydi. Kundan-kun avvalgidan qattiqroq... – satirik yozuvchi Jvanetskiydan 15 kesatiq


Saqlash
17:02 / 16.02.2023 0 1430

Mixail Jvanetskiy – satirik yozuvchi, aktyor, teleboshlovchi, kinossenarist. U haqiqatni kulgu orqali yetkazadi. Shuning uchun Jvanetskiyni o‘qish bir tarafi yoqimli – kayfiyatingiz ko‘tariladi, ikkinchi tomondan esa rost gapni aytish unchalik ham dahshatli emasdek tuyula boshlaydi.

 

1. Chiroyli yashashni taqiqlab bo‘lmaydi. Halaqit berish mumkin.

 

2. Optimist dunyolarning eng yaxshisida yashayotganimizga ishonadi. Pessimist esa bundan yaxshisi yo‘qligidan qo‘rquvga tushadi.

 

3. Ustingda yig‘laganlaridan, ustingdan kulganlari yaxshi.

 

4. Ilgari dunyoni aqlli odamlar boshqarar, ahmoqlarni o‘rganishga majbur qilishardi. Axmoqlarga juda qiyin edi.

 

Endi dunyoni ahmoqlar boshqarishayapti. Bu to‘g‘ri – chunki ahmoqlar ancha ko‘p. Faqat endi aqlli odamlar ahmoqlarga tushunarli bo‘lishi uchun gapirishni o‘rganishayapti. Agar ahmoq biror narsani tushunmaydigan bo‘lsa, bu, albatta, aqllining muammosi.

 

Ilgari ahmoqlar azob chekishgan bo‘lsa, endi aqlli odamlar qiynalishmoqda. Aziyat chekish kamaydi, sababi aqllilar tobora kamayib bormoqda.

 

5. Kuni bo‘yi uxlamaysan, tuni bilan yemaysan – albatta, charchaysan-da...

 

6. Mabodo tog‘ni talqon qiladigan bir odam paydo bo‘lsa, albatta, ortidan uning o‘zini talqon qiladigan bir to‘da ergashadi.

 

7. Har birimizning ichimizda bir daho uxlaydi. Kundan-kun avvalgidan qattiqroq...

 

8. Baxtiyor yakun bo‘lmaydi. Baxtlimi – demak, hali yakuniga ancha bor.

 

9. Barini birdaniga istaysan-u, oz-ozdan hech narsali bo‘lasan.

 

10. Donishmandlik doim ham yosh bilan kelavermaydi. Qarilik bir o‘zi keladigan paytlari ham bor.

 

11. Vatanparvarlik – nima sababdan boshqalardan yomon yashashimiz zarurligining aniq, ravshan va asosli tushuntirilishi.

 

12. Fikrlash qiyin-da, shunga ko‘pchilik g‘iybat bilan mashg‘ul.

 

13. Hozir shifokor ham, bemor ham bir-biriga bir xil umid bilan qaraydi.

 

14. Katta rahmatdan “kichik” dollar yaxshi.

 

15. Aytgandim-ku, “Yo men yaxshi yashayman, yo asarlarim o‘lmas bo‘ladi”.

 

Alisher FAYZULLAYEV tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 357
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 594
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 540
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 876
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 569
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233908
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67654
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56500
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50916
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39419
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39214
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38680
“Avesto”

//