Kelajak bor


Saqlash
11:02 / 05.02.2026 0 1074

Bugun sanani taqvimda baxt va shukrni anglatuvchi rang bilan belgilab qo‘yish kerak edi. Ammo bunday odatim yo‘q ekan. Nashriyotimizning maktablarda kitob ko‘rgazmalari va bayramlari o‘tkazish an’anasi bor. Bugun Yunusobod tumani 265-maktabda ko‘rgazma o‘tkazdik. Bu ishlarga mas’ul xodimimiz Adiba Meyliyevadan xabar kelib qoldi.

 

O‘tgan yili shu maktabda o‘tkazgan ko‘rgazmamizda bir qizaloq “Aqlni charxlovchi o‘yinlar” kitobini ko‘rib qolgan. Kitobni varaqlagan, qiziqarli mashqlar va o‘yinlarga uzoq tikilgan, lekin sotib olmagan. Nisbatan qimmatgina kitob uchun yetarli pul bo‘lmagan yonida. Uyiga qaytgach bir yil davomida keyingi ko‘rgazmani kutgan va o‘ziga berilgan tanga pullarni yig‘ib yurgan. Bir yil davomida maqsadi o‘zgarmagan. Turli xil muzqaymog‘-u shokoladlar, o‘yinchog‘-u taqinchoqlar orzusidan chalg‘ita olmagan.

 

 

Va nihoyat bugun orzusiga yetgan.

 

Bu oddiy voqeada Umid bor, Kelajak bor, Yorug‘lik bor. Bu voqea menga o‘zining boshqalarnikidan farqli yo‘lini  tanlagan pingvin voqeasidan ham ta’sirliroqdek tuyuldi.

 

Sanjar NAZAR

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 22
Hadaha

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 169
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 82
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 218
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 182
“Tun”dagi “kun”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235965
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114869
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68600
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57751
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52113
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40973
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39853
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39796
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//