Mudhish xato


Saqlash
17:02 / 16.02.2023 1 1943

Moʻjiza

“Agar bu xabarni beshta odamga yuborsangiz, moʻjiza sodir boʻladi”. U xabarni oʻqib boʻlgach, bir qancha odamga yubordi. Birozdan soʻng kayfiyati buzildi: “Qani, hech nima sodir boʻlmadiku?” Yonidagi singlisi hazil aralash: “Shuni anglab yetganingizning oʻzi bir "moʻjiza” emasmi?" – dedi piching bilan opasiga...

 

Metroda

Ovoz yangradi: “Iltimos, yosh bolali, nogiron, yoshi katta odamlarga joy bering!”

Qishloqdan endi kelgan, sochlariga oq oralagan otaxon maʼyus jilmaydi: “Shaharda hech boʻlmaganda yer tagida oqibat bor ekanku...”

 

Maktub

Oradan 20 yil oʻtib oʻgʻildan xat keldi: "Odam boʻlishimga oz qoldi, ona!”

 

Umidvor ona

Shamning soʻnggi shuʼlalari taralarkan, ona urushdagi oʻgʻlining kiyimlari yoniga nevarasiga deb tikkan nimchasini mamnun alfozda solib qoʻydi... Tongotar kelgan pochtalyon esa qora xatni qanday qilib Roʻzi momoga berishni bilmay, eshik oldida qoldirib ketdi...

 

Umr

Men tugʻildim...

 

Mudhish xato

– Oyijon, toʻqqiz oy meni qorningizda koʻtarib yurganmisiz?

– Albatta, qizalogʻim...

– Nega unda toʻrt oylik paytim tugʻilganman?

 

Rahmat BOBOJON

1 Izoh

Xayrullo

12:01 / 01.01.1970

Aslida shaharda oqibatni unutayotganlar qishloqdan kelgan yoshlar. O'sha da'vatni eshitib ko'zini yumib o'tirganlarning ko'pi hamqishloq talabalar.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58511
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41521
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40139
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40132
Alpomish

//